Ushbu maqolada Iogann Volfgang Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" romanidagi syujet va kompozitsiya o‘rganilgan. Romanning epistolyar uslubdagi tuzilishi, syujet rivoji va dramatik kompozitsiyasi tahlil qilingan. Maqolada syujet va kompozitsiyaning mazmuniy ahamiyati, tasviriy vositalar va badiiy yondashuvlar ochib beriladi.
Бу мақолада бугунги кунда банк фаолиятига KPI тизимини жорий қилишнинг аҳамияти ҳақида сўз боради. KPI тизими – бу бaнклaрнинг менежерлaри вa ходимлaри фaолиятини белгилaнгaн тaлaб дaрaжaсидa олиб борилишини ёки белгилaнгaн мaқсaдгa эришишни нaзорaт қилувчи, бaҳоловчи сaмaрaдорлик ёки нaтижaдорлик кўрсaткичи деб ҳaм юритилaди, ва яна мақолада бу тизимнинг афзалликлари ва камчиликлари ҳақида ҳам сўз боради.
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda nutqning rivojlanish bosqichlari, qo’llaniladigan metodlar hususida ma’lumotlar berilgan. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish jarayonini yengillashtirish imkoni yaratiladi, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida bolalar nutqini rivojlantirish imkoniyatlari ham maqola mazmunida yoritib berilgan.
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilish jarayonlarining o‘sishi, aqliy rivojlanish bosqichlari va psixologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha berilgan tavsiflar keltirilgan. Maqolada shuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan diqqat, xotira, zehn kabi psixologik holatlar izohi ham keltirib o‘tilgan.