Ushbu maqola temperamentning asosiy turlari, ularning xususiyatlari va inson shaxsiyati bilan bog‘liq o‘rni haqida so‘z yuritadi. Temperament — insonning tug‘ma hissiy va psixologik xususiyatlari bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar, faoliyat va hissiy reaktsiyalarni shakllantiradi. Maqolada to‘rt asosiy temperament turi: sangvinik, xolerik, flegmatik va melankolik keltirilgan va har bir turga xos xususiyatlar va afzalliklar muhokama qilinadi. Shuningdek, temperamentni tushunish va anglashning shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati ta'kidlanadi.
Ushbu maqola imo-ishora tili tizimida yangi imo-ishoralarning roli va ularning kommunikativ samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imo-ishora tili hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, ular bilan samarali muloqotni ta'minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada, yangi imo-ishoralarning til tizimiga qo‘shilishi, tilning leksik boyligini kengaytirish va kommunikativ imkoniyatlarni oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Ушбу мақола квант кимёвий тадқиқотларга, метилен гуруҳлари сонининг пропилендиамин реактивлигига таъсирига бағишланган. Электрон тузилиш ва энергия характеристикалари ҳақидаги маълумотларни таҳлил қилиш, реагентларнинг реактивлиги ва синтезнинг маҳсулдорлигида метилен гуруҳларининг ролини аниқлаш имконини беради.