DAVLAT SEKTORI TARKIBIDAGI MUASSASALARNING RIVOJLANTIRISH JAMG'ARMASI MABLAG'LARI HISOBI VA NAZORATINI YURITISH

Maqolada budjetdan tashqari mablag‘larni turkumlanishi, boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarni shakllantirish, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar, ko‘rsatkichlar, jarayonlar, munosabatlar, hodisalar, o‘ziga xos bo‘lgan tomonlar o‘rganilishi natijasida buxgalteriya hisobi va budjet hisobi bilan bog‘liq umumiy jihatlar mavjudligi kuzatildi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, predmeti, obyektlari, subyektlari, usullari nazariy jihatdan asoslash hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning tarkibi, ularni tuzish va taqdim etish tartibini o‘rganish bo‘yicha ilmiy xulosalar shakllantirilgan va ilmiy takliflar berilgan.


17.11.2024 Volume Issue View more Download
GYOTENING "YOSH VERTERNING IZTIROBLARI" ROMANIDA SYUJET VA KOMPOZITSIYA

Ushbu maqolada Iogann Volfgang Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" romanidagi syujet va kompozitsiya o‘rganilgan. Romanning epistolyar uslubdagi tuzilishi, syujet rivoji va dramatik kompozitsiyasi tahlil qilingan. Maqolada syujet va kompozitsiyaning mazmuniy ahamiyati, tasviriy vositalar va badiiy yondashuvlar ochib beriladi.


15.11.2024 Volume Issue View more Download
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА KPI ТИЗИМИНИ ЖОРИЙ ҚИЛИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ

Бу мақолада бугунги кунда банк фаолиятига KPI тизимини жорий қилишнинг аҳамияти ҳақида сўз боради. KPI тизими – бу бaнклaрнинг менежерлaри вa ходимлaри фaолиятини белгилaнгaн тaлaб дaрaжaсидa олиб борилишини ёки белгилaнгaн мaқсaдгa эришишни нaзорaт қилувчи, бaҳоловчи сaмaрaдорлик ёки нaтижaдорлик кўрсaткичи деб ҳaм юритилaди, ва яна мақолада бу тизимнинг афзалликлари ва камчиликлари ҳақида ҳам сўз боради.


14.11.2024 Volume Issue View more Download
AYBGA IQRORLIK TO'G'RISIDA KELISHUV INSTITUTI TUSHUNCHASI, O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI.

Maqolada jinoyat ishlarida aybiga iqrorlik instituti tushunchasi va uning kelib chiqishi, uning o‘ziga xos hususiyatlari, milliy qonunchilik tizimida o‘rni va qulayliklari yoritib o‘tilgan.


14.11.2024 Volume Issue View more Download
KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA NUTQNING RIVOJLANISHI

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda nutqning rivojlanish bosqichlari, qo’llaniladigan metodlar hususida ma’lumotlar berilgan. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish jarayonini yengillashtirish imkoni yaratiladi, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida bolalar nutqini rivojlantirish imkoniyatlari ham maqola mazmunida yoritib berilgan.


12.11.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor