MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATINI UZAYTIRISH UCHUN PEKTIN ASOSIDAGI QOPLAMALARNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish uchun pektin asosidagi qoplamalarning texnologik xususiyatlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, pektin asosidagi qoplamalar meva-sabzavotlarning nafas olish tezligini pasaytirishi, namlik yo'qotilishini kamaytirishi va mikroorganizmlar o'sishini sekinlashtirishi aniqlangan. Bu qoplamalar ekologik toza va iste'molchilar uchun xavfsiz bo'lib, saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytirish imkonini beradi.


15.01.2025 Volume Issue View more Download
ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРСАТКИЧЛАРИНИ ЁШГА БОҒЛИҚ ДИНАМИКАСИ

Ушбу мақолада спортчиларда жисмоний тайёргарлик кўрсаткичларини ёшга боғлиқ динамикаси асосида талабаларни педагогик маҳоратини шакллантириш хақида маълумотлар берилган.


15.01.2025 Volume Issue View more Download
1945-1991 YILLARDA TOSHKENT SHAHRINING IJTIMOIY HAYOTI

Mazkur maqolada Toshkent shahrining 1945-1991 yillar oralig‘idagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi tahlil qilinadi. Urushdan keyingi tiklanish jarayonlari, shahar sanoati va urbanizatsiyasining jadallashishi, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan siyosatning ijobiy va salbiy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada 1966-yilgi zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish jarayonlari, Toshkent metropoliteni qurilishi hamda transport va infratuzilmaning rivojlanishi kabi mavzular keng ko‘lamda yoritilgan. Shahar ta’limi, sog‘liqni saqlash tizimi va madaniy hayotdagi yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham tahlil qilingan. Ushbu davr Toshkentni nafaqat mahalliy, balki Markaziy Osiyoning muhim strategik markazi sifatida shakllanishida alohida ahamiyat kasb etganligi bilan xarakterlanadi.


15.01.2025 Volume Issue View more Download
АҲОЛИ САЛОМАТЛИГИНИ МУСТАХКАМЛАШДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ ВОСИТАЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ САМАРАДОРЛИГИ

Мазкур мақолада ортиқча вазнга эга инсонларни соғломлаштиришга ёрдам берувчи усуллар ёритилган бўлиб жисмоний тарбия воситалари ва спорт элементларидан фойдаланишнинг методик томонлари очиб берилган.


15.01.2025 Volume Issue View more Download
ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolda asosiy vositalar hisobini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Bugungi kundagi iqtisodiy muhitda korxonalarning moliyaviy holatini to‘g‘ri aks ettirishda asosiy vositalar hisobining muhimligi ortib bormoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi – amaldagi hisob tizimini takomillashtirish orqali asosiy vositalarning hisobga olinishi va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini oshirishga erishishdir.


14.01.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor