Inson qonunlar va huquqiy normalar ustuvor bo‘lgan jamiyatda yashar ekan, u o‘z huquq va erkinliklari orqali ijtimoiy munosabatlarga faol kirishadi. Ushbu munosabatlar davomida tabiiy ravishda turli nizolar yuzaga kelishi mumkin. Chunki, har bir shaxs o‘ziga yuklatilgan huquqiy majburiyatlarni har doim ham subyektiv yoki obyektiv sabablarga ko‘ra to‘liq bajara olmaydi yoki bajarishni istamaydi. Shuningdek, insonlarning huquqbuzarlikka moyilligi yoki uni sodir etishga xohishi borligini ham e’tirof etishimiz kerak. Bu kabi huquqbuzarliklar, o‘z navbatida, javobgarlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro ommaviy-huquqiy munosabatlarda ham nizolar va nizoli holatlar yuz berib turadi. Bunday holatlarda xalqaro ommaviy huquq subyektlari ham insonlar kabi huquqiy oqibatlar va javobgarlikka tortilish tartib-qoidalariga duch keladi. Ushbu maqola doirasida xalqaro ommaviy-huquqiy munosabatlarda subyektlarning javobgarligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib beriladi.
Ushbu maqolada O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning tavallud ayyomi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbirlarni o`tkazish, she’riy parchalar va videolavhalar, musiqali parchalarni ishlatish bo`yicha ona tili va adabiyot fani o`qituvchilariga uslubiy yordam berish haqida ma’lumot beriladi.
Ushbu maqolada meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish uchun pektin asosidagi qoplamalarning texnologik xususiyatlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, pektin asosidagi qoplamalar meva-sabzavotlarning nafas olish tezligini pasaytirishi, namlik yo'qotilishini kamaytirishi va mikroorganizmlar o'sishini sekinlashtirishi aniqlangan. Bu qoplamalar ekologik toza va iste'molchilar uchun xavfsiz bo'lib, saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytirish imkonini beradi.