Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, xalqning adolatga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf, eng yomon illatlardan biri bo’lib, kelmoqda. Hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan mustaqil O’zbekistondagi ayrim sohalarining taraqqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan korrupsiya sekin astalik bilan yo’qolib bormoqda desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Lekin bu zararli illatni nafaqat ta’lim tizimi balki jamiyatning barcha sohalaridan quvib chiqarishimiz uchun hamma birdek harakat qilmasa, korrupsiya holatlari yuzaga chiqishi bilan o’z vaqtida chora tadbir ko’rmasa Yurtboshimiz tomonlaridan barcha amalga oshirilayotgan islohatlar o’z natijasini ko’rsatmaydi.Zero, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda.Ularning ijrosi ta’minlanishida barchamiz birdek harakat qilishimiz va ushbu zararli illatga qarshi tura olishimiz kerak.
Mazkur maqolada jamiyatimizdagi har bir mustaqil shaxsni ma’naviy-marifiy jihatdan kamol toptirishda, o’zini, o’zligini anglab yetishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan milliyligimiz, umumbashariy qadriyatlarimizning bugungi kundagi holati, ushbu masala borasidagi ayrim muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan turli fikr mulohazalar atroflicha bayon etiladi.
Mazkur maqolada tijorat banklarining kassa operatsiyalarini boshqarish va hisoblash tizimlarini takomillashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Tadqiqot davomida kassa operatsiyalarini samarali boshqarish orqali bankning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, naqd pul aylanmasining tezkorligi va samaradorligini ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish, bu orqali inson omilini kamaytirish va operatsion xavfsizlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi. Avtomatlashtirish orqali nafaqat kassa operatsiyalarining tezligi va aniqligi oshadi, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati ham yaxshilanadi. Shu bilan birga, maqolada masofaviy xizmatlarning o‘sishi ham yoritilgan bo‘lib, bu kassa operatsiyalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, xizmatlarni yanada qulay qilishga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, tijorat banklarida kassa operatsiyalarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining o‘qitishning ahamiyati va dolzarbligi, umumta’lim maktab o‘quvchilarda inson qadrini yuksaltirish tuyg‘usini singdirishda tas’viriy san’atning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.