TOIFALANGAN OBEKTLARDA FAVQULODDA VAZIYATLAR

Ushbu maqola toifalangan ob'ektlarda yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar haqida batafsil ma'lumot beradi. Toifalangan ob'ektlar — bu o'zining yuqori xavf darajasi va jamiyat yoki ekologiyaga tahdid solishi mumkin bo'lgan ob'ektlardir. Maqolada energetika, sanoat, transport tizimlari, davlat va jamoat ob'ektlari kabi toifalangan ob'ektlar turlari va ularda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xavfsizlikni ta'minlash, favqulodda vaziyatlarni boshqarish, oldini olish choralarini ishlab chiqish va texnologiyalardan foydalanish muhimligi ko'rsatiladi. Jahon tajribasi va mahalliy qonunlar orqali xavfsizlikni oshirishda hukumat va jamiyatning roli ta'kidlanadi. Maqola toifalangan ob'ektlarda favqulodda vaziyatlarni samarali boshqarish va xavfsizlikni ta'minlash yo'llari haqida keng qamrovli ma'lumotlar beradi.


17.02.2025 Volume Issue View more Download
TURKLARNING MARKAZIY DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI

Ushbu maqola, turklarning markaziy davlat boshqaruv tizimini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, turk xalqlarining tarixiy davrlarda tashkil etgan siyosiy va ijtimoiy tizimlarini tahlil qiladi. Markaziy boshqaruv tizimi, hukmdorning roli, uning maslahatchilari, divan va boshqa boshqaruv organlari orqali amalga oshirilgan davlatni boshqarishning xususiyatlarini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, Turklarning davlat tizimining iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ta’siri, hukmronlikning qonuniy asoslari, tizimning kamchiliklari va zaiflashishi, shuningdek, xalqaro aloqalaridagi o‘rni ham yoritiladi. Markaziy boshqaruv tizimining ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatlari asosida, turklarning davlat boshqaruvi va uning tarixiy ahamiyati haqida keng qamrovli tahlil taqdim etiladi.


17.02.2025 Volume Issue View more Download
ORIENTALISM IN “THE TALISMAN” BY SIR WALTER SCOTT: A CRITICAL ANALYSIS

This article explores the elements of Orientalism in Sir Walter Scott’s novel The Talisman (1825) within the context of 19th-century European literature. By analyzing Scott’s portrayal of the East—specifically its characters, cultural representations, and power dynamics—the study examines how the novel reflects Western perceptions of the Orient. While Scott offers a more nuanced depiction of Muslim figures compared to his contemporaries, his portrayal remains embedded in an exoticizing and othering discourse. This paper applies Edward Said’s theory of Orientalism to The Talisman, highlighting the novel’s role in shaping Western literary constructs of the East.


15.02.2025 Volume Issue View more Download
IQON SHEVASIDA SO'Z YASALISH XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada shimoliy o‘zbek o‘g‘uz guruhiga kiruvchi Iqon shevasining so‘z yasalish tizimi, ayniqsa, –chi affiksining funksional xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Ushbu affiksning lug‘aviy va grammatik jihatdan qanday o‘zgarishlarga uchrashi, turli kontekstlarda qo‘llanishi va semantik yuklamalari yoritiladi. Shuningdek, maqolada -chi affiksining boshqa turkiy tillardagi o‘xshashliklari va farqlari ham tahlil qilinib, uning Iqon shevasidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sheva leksikasi va grammatikasining shakllanishi hamda rivojlanish tendensiyalarini tushunishga hissa qo‘shadi.


14.02.2025 Volume Issue View more Download
GIMNASTIKACHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Tezisda, malakali gimnastikachilarning musobaqa faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirishga qaratilga o‘quv-mashg‘ulotlar tahliliy qilindi. Malakali gimnastikachilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda musobaqa faoliyati talablarini hisobga olgan holda o‘quv-mashg‘ulotlar rejasini tuzish kerakligi yoritib berilgan.


14.02.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor