Ushbu maqolada Abu Hamid al-G‘azzoliyning “Tavba” asarida din va axloq masalalarining o‘zaro uyg‘unligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda tavba tushunchasi insonning ma’naviy poklanishi va axloqiy kamolotga erishish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada tavbaning Qur’on va hadis manbalari asosidagi sharhi, uning tasavvufiy-falsafiy mohiyati hamda inson kamolotidagi o‘rni ochib beriladi.Shuningdek, asarda din va axloqning ajralmas birlikda talqin qilinishi, tavbaning shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishdagi roli yoritiladi.
Ushbu maqolada davlat xaridlari sohasida elektron tizimlarning korrupsiyaga qarshi kurashda tutgan o'rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida xalqaro tajriba, jumladan Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Gruziya va boshqa mamlakatlarning elektron davlat xaridlari tizimlarini joriy etish bo'yicha amaliyoti o'rganilgan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, elektron tizimlarning shaffoflikni oshirish, raqobatni kuchaytirish va korrupsion xavflarni kamaytirish borasidagi imkoniyatlari aniqlangan hamda tizimni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqola mashhur ingliz yozuvchisi Agata Kristining ijodida namoyon bo‘lgan ingliz madaniyatiga xos realiyalar va ularni tarjima qilish strategiyalariga bag‘ishlangan. Maqola madaniy birliklar, ijtimoiy muomala etiketi, geografik va maishiy realiyalar kabi asosiy tarkibiy elementlarni tahlil qiladi va ularning tarjimada qanday ifodalanishi masalasini yoritadi. Tadqiqot maqsadi – Agata Kristi romanlaridagi ingliz madaniyati unsurlarini aniqlash, ularni o‘zbek tiliga samarali tarzda tarjima qilishning metodik va nazariy asoslarini ko‘rsatishdir. Maqolada madaniy birliklar, ijtimoiy muomala normalari va geografik-maishiy realiyalarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan strategiyalar – ekvivalent tarjima, izohli tarjima, adaptatsiya va o‘zlashtirish – tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjimada uchraydigan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish yo‘llari, o‘quvchi va mutolaa qiluvchilarga tushunarli qilish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tarjimada ingliz madaniyatini to‘g‘ri aks ettirish asarning mazmunini, obrazlar va dialoglarning o‘ziga xosligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.Maqola tarjima nazariyasi, ingliz madaniyati va adabiyotini o‘rganayotgan mutaxassislar, talabalar va tarjimonlar uchun amaliy va nazariy manba sifatida xizmat qiladi.
В данной статье рассматривается история, развитие, технология шитья, сырье, виды изделий и названия бухарской вышивки, а также приводятся сведения об идеях исследователей, научно изучавших этот вид искусства, и о том, как вышивальщицы сохраняли свои древние традиции из поколения в поколение.
Mazkur ilmiy maqola UTT ning yumshoq to‘qimalar diagnostikasidagi kamchiliklari va MRT bilan statistik taqqoslash orqali ochib berishga qaratilgan. Tadqiqot davomida yuqmshoq to’qimalar kasalliklari hususan(o’smalar) bilan kasallangan bemorlarning UTT va MRT tekshiruv natijalari orqali tahlil qilinadi. Ushbu maqolada yumshoq to’qimalar kasalliklarida UTT ning roli, diagnostikadagi kamchiliklari va xatolarini aniqroq ochib berilga.