Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashib oshirish, ular bilan qanday ishlash, o‘qituvchi shaxsiga va faoliyatiga qo'yilgan ba'zi talablar haqida so‘z boradi. Bundan tashqari Vatanimizda boshlang‘ich ta'lim sohasida qilinayotgan islohotlar haqida aytib o'tiladi.
Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda "Tarbiya" fanini oʻqitish jarayonida oʻzbek milliy qadriyatlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari keng yoritilgan. Maqolada milliy qadriyatlarning maʿnosi, tarbiyaviy ahamiyati, ularni oʻqituvchilarning dars jarayonida qoʻllash metodlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻquvchilarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun darslik va qoʻllanmalarni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar beradi.
Ushbu maqolada O’zbekistonda ichki turizmni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Mamlakatning boy tarixiy merosi, geografik xilma-xilligi va milliy qadriyatlari ichki turizmni rivojlantirish uchun ko’pgina imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, maqolada xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, marketing strategiyalarini oshirish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar berilgan.
Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Ma’suma” romani uning baddiy xususiyatlari bayon etilgan holda asarda tarixiy shaxslarning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan. Asarda ifodalangan jadid namoyondalari ularning hayot yo‘li va taqdirlariga oid holatlar badiiy ifodalar asosida ochib berilgan. Maqola ham aynan ushbu xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.