Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit siyosati mazmuni va amaliyotdagi holati tahlil qilinadi. O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli sifati, kreditlash jarayonlarida uchraydigan muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi (AQSh, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya) asosida xalqaro kredit siyosatini tashkil etish yondashuvlari o‘rganilgan. Maqolada kredit risklarini boshqarish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, kredit portfelini diversifikatsiyalash orqali tijorat banklarining kredit siyosatini takomillashtirish yo‘llari asoslab berilgan. Ilmiy tahlil va takliflar asosida tijorat banklari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada iqlim oʻzgarishlarining global darajadagi salbiy taʼsirlari yoritilgan. Unda qutb muzliklarining erishi, ekstremal ob-havo hodisalari, biologik xilma-xillikning kamayishi va insoniyat hayotiga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, iqlim muammosining siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri tahlil qilinib, uni hal etish yo‘llari haqida xulosa berilgan.
Gandbolchilar o‘yin davomida nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikka ham tayanuvchi sportchilardir. Musobaqa paytidagi stress holatlari sportchining qaror qabul qilish qobiliyatiga, diqqatiga va harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda stressning asosiy manbalari — jamoaviy bosim, kutishlar, individual mas’uliyat — tahlil qilinib, musobaqaviy stressning sportchilarga ta’siri ikki yo‘nalishda: salbiy va ijobiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Diqqatni jamlash, vizualizatsiya, ijobiy fikrlash, o‘zini anglash hamda ruhiy boshqaruv texnikalari stressni kamaytirishga va sportchi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali vositalar sifatida tavsiya etiladi.