Ushbu maqolada hozirgi kunda O‘zbekistonda menejment tizimining alohida o‘ziga xos ko‘rinishi shakllanib, dunyo miqyosida iqtisodiyotni boshqarishning O‘zbek modeli degan nomga sazovor bo‘ldi. Model beshta tamoyildan iborat bo‘lib, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida mamlakatni ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda menejment sohasida bu tamoyillar asosidagi O‘zbek modeli‖ alohida o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan salmoqli ishlarni aksariyatining mohiyati shu kabi tamoyillarning o‘zaro bog‘liqligi bilan tushuntiriladi.
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 64-моддасига кўра, ота-оналар ўз фарзандларини вояга етгунларига қадар боқиш ва тарбиялашга мажбурдирлар. Ўзбекистон Республикаси Оила кодексига асосан ота-онанинг вояга етмаган болаларига таъминот бериши кўрсатилган. Шунингдек, “Бола ҳуқуқлари тўғрисида”ги Конвенсияда ҳам вояга етмаган ва вояга етган меҳнатга лаёқатсиз болаларнинг моддий таъминот олиш ҳуқуқи белгилаб қўйилган.
Beshinchi yosh oxiriga kelib, ipak qurtining rivojlanish jarayoni tugallanadi. Qurt barg yemay qo‘yadi va pilla o‘rash uchun joy qidirib o‘rmalab yuradi, shu bilan bir vaqtda ichagidagi suyuq moddalarning qoldiqlarini chiqarib tashlaydi. Ko‘pchilik zot qurtlar pilla o‘rash uchun jadal harakat bilan dastaning ustiga yoki so‘kchaklarning yon yog‘ochlari tomon balandroq joylarga o‘rmalab ketadi, ammo ba’zi xitoy zot qurtlarda bunday harakat yo‘q, ular bemalol pilla o‘rayveradi.
Жаҳон адабиёти ғоят ранг-барангдир. У ўзига хос синтез адабиёти бўлиб шаклланмоқда. Унда классисизм, романтизм, натурализм, реализм, модернизм, постмодернизм намоён бўлмоқда. Бадиий тафаккурда ҳис қилинган эркинлик боис жаҳон адабиёти билан ҳамнафас ўзбек адабиётида, хусусан, шеъриятида бошқа йўналишлар қатори модернизм ҳам ўзлигини танитди. Мақолада рус ва ўзбек шеъриятида учрайдиган анъанавий образларнинг талқинига оид илмий тадқиқотларга бироз назар ташланади ва таҳлилга тортилади.