Ushbu maqolada fazoviy tasvirlarni tahlil qilish asosida inson yuzini aniqlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Yuzni aniqlash — kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va biometrik identifikatsiya sohalarining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, raqamli tasvirlarni chastota sohasida ifodalash orqali ularning asosiy xususiyatlarini ajratib olish va tahlil qilish, sun’iy intellektga asoslangan tizimlar uchun katta ahamiyatga ega. Fourier o‘zgarishlari raqamli tasvirlarni fazodan chastotaga o‘tkazishga imkon beradi, bu esa yuzni aniqlash vazifasini ancha soddalashtiradi. Maqolada DFT (Diskret Fourier o‘zgarishi) va uning ikki o‘lchamli (2D) ko‘rinishlari, tasvirni tahlil qilishda foydalaniladigan algoritmlar, tajriba natijalari, grafik tahlillar, sun’iy neyron tarmoqlari bilan integratsiya holatlari keng yoritilgan.
Hozirgi vaqtda ion implantatsiya usuli materiallarning sirt xususiyatlarini maqsadli o'zgartirishning keng qo'llaniladigan usullaridan biridir. Ion implantatsiyasini qo'llashning asosiy sohasi yarimo'tkazgich kristallariga aralashmalarni kiritishdir. Ushbu maqolada Kremniy kristallini Bor bilan implantatsiya qilgandan keyingi strukturasining eksperimental tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Yorug`likning kombinatsion sochilishi usulining yarimo'tkazgich kristallarining sirt tuzilishidagi buzilishlarga yuqori sezgirligi ko'rsatilgan. Spektrometr yurug`likning kombinatsion sochilish spektroskopik metodi yoki Romanov spektroskopiyasiga asoslangan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiyalash jarayonini samarali boshqarish masalalari chuqur tahlil qilingan. Respublikada transport-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar kontekstida temir yo‘l infratuzilmasining ahamiyati, u orqali iqtisodiy o‘sish, hududlararo integratsiya, eksport-import salohiyatini kengaytirish va logistika tizimini takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada temir yo‘l tizimidagi mavjud infratuzilmaning holati, eskirgan texnika va texnologiyalar, tashish jarayonlaridagi logistik to‘siqlar, hamda moliyalashtirish mexanizmlaridagi muammolar tahlil etilgan. Shuningdek, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy qilish, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini kengaytirish, raqamli transformatsiya va xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Muallif tomonidan, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni faollashtirish, logistika markazlarini tashkil etish va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish kabi strategik yo‘nalishlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bunda har bir taklifning iqtisodiy samaradorligi, investitsiyaviy jozibadorligi va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy natijalari asoslab berilgan.
In our study, we examined white laboratory rats born from control and experimental mothers with hypothyroidism. As a result of morphological analysis of the pancreas in different periods of postnatal ontogenesis, significant changes in the delay in the development and formation of individual components of the vascular wall were revealed compared to the control group. From the first days after the start of the experiment, changes in the arterial wall were noted in all experimental animals. The results show that morphological changes in the cells of the pancreas and its blood vessels occur in the offspring born from mothers with hypothyroidism.