15-17 YOSHLI SAMBOCHI QIZLARDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MURABBIY YONDASHUVLARINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada 15–17 yoshli sambochi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda murabbiylarning metodik yondashuvlari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tezkor-kuch sifatining mazmuni, uni rivojlantirishda qo‘llaniladigan samarali metodlar, kuzatuvlar asosidagi natijalar va amaliy tavsiyalar yoritilgan. Tadqiqotlar natijasi murabbiylik jarayonida individual yondashuvning yuqori samara berishini ko‘rsatdi.


15.05.2025 Volume Issue View more Download
OG'IR ATLETIKADA DAST KO'TARISH HAQIDA

Ushbu maqolada ogʻir atletika sport turi doirasida dast koʻtarish mashqining texnik, tarixiy va fiziologik xususiyatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Dast ko‘tarish harakati og‘ir atletikaning eng muhim va murakkab elementlaridan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu harakatning bosqichlari, treningga tayyorgarlik jarayoni, mushaklar va asab tizimining ishtiroki, energiya almashinuvi jarayonlari, hamda sportchilarning texnikasi va natijalarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berilgan. Shuningdek, dast ko‘tarishdagi jarohat xavfi va uni kamaytirish yo‘llari ham tahlil qilingan. Maqola og‘ir atletika bilan shug‘ullanayotgan sportchilar va murabbiylar uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


15.05.2025 Volume Issue View more Download
XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIDA QO'SHIMCHA SHARTLARNING TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI

Ushbu maqolada xalqaro shartnomalar huquqida qo‘chimcha shartlarni tartibga solish mexanizmi va takomillashtirish tartibi tahlil qilinadi. Xalqaro shartnomalarning samarali amal qilishi nafaqat davlatlarning huquqiy barqarorligini, balki xalqaro xavfsizlik, savdo, ekologiya, inson huquqlari kabi strategik yo‘nalishlardagi barqaror hamkorlikni ta’minlashda ham muhim vosita hisoblanadi Tadqiqot xalqaro shartnomalar huquqida qo‘chimcha shartlar oid xalqaro va milliy huquqiy standartlar va mexanizmlar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar siyosati, mamlakatning boshqa davlatlar bilan tuzilgan ikki va ko‘p tomonlama shartnomalari, shuningdek, Oʻzbekiston ishtirok etayotgan mintaqaviy va xalqaro shartnomalarini Vena konvensiyasida belgilangan normalar asosida tahlil qilinib, muhim jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Amaliyotdagi real shartnomalar misolida qo‘shimcha hujjatlarning tatbiq etilishi, ularning muvofiqlashtirish mexanizmlari va xalqaro shartnomalarda aks etishi ham ko‘rib chiqilgan.


15.05.2025 Volume Issue View more Download
O'QUVCHILAR O'RTASIDA INGLIZ TILI FANINI O'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Mazkur maqola o‘quvchilarda ingliz tilini o‘rganish jarayonini samarali tashkil etishning zamonaviy usullari va metodlariga bag‘ishlangan. O‘quvchilarning til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlari, ularning motivatsiyasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida ingliz tilini o‘rganish jarayonini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada ingliz tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuv, gamifikatsiya, raqamli texnologiyalar va CLIL (Content and Language Integrated Learning) kabi metodlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishdagi motivatsiyasini oshirish uchun yangi pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatilgan. Maqola o‘qituvchilarga ingliz tilini o‘rgatishdagi yangi metodik yondashuvlar haqida muhim ma’lumotlar taqdim etadi va bu usullarni o‘quvchilarning tilni o‘rganishdagi samaradorligini oshirishga yordam beradi.


15.05.2025 Volume Issue View more Download
TA'LIM MUASSASALARINI BUDJETDAN MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarini budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tizimining hozirgi holati, uning muammoli jihatlari hamda mavjud moliyaviy mexanizmlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Ta’lim sohasiga ajratilayotgan davlat mablag‘larining maqsadli va natijadorlikka yo‘naltirilgan tarzda sarflanishini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda natijaviylikka asoslangan yondashuvlar, moliyaviy shaffoflik, hududiy tengsizliklarni bartaraf etish hamda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish kabi omillar alohida o‘rin olgan.


15.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor