YOSH BOLALARNING PSIXOLOGIK TARBIYASI

Mazkur maqolada yosh bolalarning psixologik tarbiyasi va uning inson hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Bolaning psixik rivojlanishi, shaxs sifatida shakllanishi, atrof-muhitga moslashuvi, o‘zini anglash va boshqalar bilan munosabat o‘rnatish qobiliyati, aynan go‘daklik va erta yoshdagi tarbiya jarayoniga chambarchas bog‘liqdir. Maqolada oiladagi muhit, ota-ona va tarbiyachilarning roli, mehr-muhabbat, tushunish va emotsional qo‘llab-quvvatlash kabi psixologik omillar yoritib berilgan. Shuningdek, bolaning xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, masalan, befarqlik, jazolash, e’tiborsizlik kabi holatlar haqida ham so‘z yuritiladi. Muallif psixologik tarbiyaning sog‘lom jamiyat shakllanishidagi o‘rni va dolzarbligini asoslab beradi hamda amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, tarbiyachilar, psixologlar hamda ota-onalar uchun foydali qo‘llanma bo‘la oladi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
O'SMIRLARDA O'Z-O'ZINI BAHOLASH MUAMMOSI

Ushbu maqolada o'smirlarda o'z-o'zini baholash muammosi, uning shaxs rivojlanishidagi ahamiyati va uni shakllantirish yo'llari tahlil qilingan. O'z-o'zini baholash shaxsning muhim tarkibiy qismi sifatida o'smirlik davrida faol shakllanadi va keyingi hayot yo'nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o'z-o'zini baholashning psixologik-pedagogik mohiyati, unga ta'sir etuvchi omillar, o'smirlarda o'z-o'zini baholash muammolari va ularning namoyon bo'lish shakllari, shuningdek, adekvat o'z-o'zini baholashni shakllantirish yo'llari o'rganilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI DAVRDA BOLA HUQUQLARINING HIMOYASI. ONLAYN XAVSIZLIK VA MAXFIYLIK

Ushbu maqola raqamli makonda bola huquqlarining himoyasi milliy va xorijiy qonunchilikda qay darajada aks etganligi chuqur va atroflicha tahlil qilingan. Qolaversa, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning qay darajada samaradorligi keltirib o’tilgan. Shuningdek bola huquqlarini raqamli texnologiyalarda xavsizlik va maxfiylik choralarni ko’rish haqida davlatlarning tajribasi ham yoritib o’tilgan. Internet tizimida bola huquqlarining himoya qilish sohasida davlat uchrashi mumkin bo’lgan asosiy muammolar tahlil qilingan hamda ushbu muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilgan. Milliy qonunchiligimizda ham bola huquqlarining himoyasi bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham fikirlar bildirilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA RAQAMLI MARKETINGDAN FOYDALANISH INNOVATSION YONDASHUVLARI VA YO'NALISHLARI

Mazkur maqolada globallashuv va raqamlashuv jarayonlari tadbirkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, raqamli marketing imkoniyatlari orqali mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga olib chiqish omillari ko’rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vositasida tadbirkorlar mijozlar bilan yaqin aloqada bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda qanchalik muhim ekanligi tahlil qilingan. Bu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonda tadbirkorlikda raqamli marketingdan foydalanishning innovatsion yondashuvlari va yo‘nalishlari tahlil qilingan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
PEDAGOG SHAXSIDA KASBIY QONIQQANLIKNI SHAKLLANTIRUVCHI MEXANIZMLAR

Maqolada pedagog shaxsida kasbiy qoniqqanlikni shakllantiruvchi psixologik, ijtimoiy va tashkiliy omillar keng qamrovda tahlil qilingan. Ichki motivatsiya, self-efficacy, emotsional barqarorlik hamda tashqi omillar – mehnat sharoitlari, jamiyatning munosabati, boshqaruv muhitining roli chuqur yoritilgan. Empirik tadqiqotlar asosida kasbiy qoniqqanlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va ularni yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor