BOSHLАNG'ICH TА'LIMDА INNOVАTSION PEDАGOGIK TEXNOLOGIYALАRGА АSOSLАNGАN INTERFАOL METODLАR

Ushbu maqolada taʼlim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni faol qoʼllash, taʼlim samaradorligini oshirish, tahlil qilishva amaliyotga joriy etish,dunyo taʼlim tizimining hozirgi taraqqiyot bosqichi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʼllash tajribasi, milliy va tarixiy, mafkuraviy shart - sharoitlarga javob berishi, boshlangʼich sinf oʼquvchilarining fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini oʼstirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirish,innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar oʼquvchi ehtiyojiga mos tushishi, shuningdek, oʼquvchilarning oʼquv materiallarini oʼzlashtirishga boʼlgan qiziqish, xohish va istaklarini qoʼzgʼotish asosida maqsadga erishish motivatsiya boʼlib, bu oʼqituvchi va oʼquvchilarning oʼzaro ichki yaqinlashuv holatlari innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish samaradorligi yoritilgan.


20.03.2025 Volume Issue View more Download
TYPOLOGICAL RELEVANCE TO UZBEK AND ENGLISH

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarining tipologik jihatdan o‘xshashlik va farqlari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda tipologik tadqiqotlar tillarning tuzilishi, grammatikasi, fonetikasi va semantikasi kabi jihatlarni solishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tili agglutinativ tuzilishga ega bo‘lib, so‘z yasalishi va grammatik shakllanishi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, so‘z tartibi va yordamchi so‘zlarga asoslangan tizimga ega. Maqolada ushbu tillarning so‘z yasalishi, gap qurilishi, morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning umumiyliklari va farqlari misollar yordamida yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va ingliz tillarining o‘zaro ta’siri va o‘rganish jarayoniga ta’sirini tushunishga xizmat qiladi.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
ИССЛЕДОВАНИЕ МЕТОДОМ ФОТОЛЮМИНЕСЦЕНЦИИ РАСПРЕДЕЛЕНИЯ МИКРОДЕФЕКТОВ В ЭПИТАКСИАЛЬНЫХ СЛОЯХ ZNSE/GAAS

МПЭ усылы менен өсирилген ҳәр қыйлы қалыңлықтағы ZnSe/(001) GaAs эпитаксиаль жуқа пленкасының фотолюминесценция усылы менен терең қатламларындағы нурланыў спектрлери анықланылды. Эпитаксиаль пленканың дефектлерге ҳәм басқа элементлердиң концентрациясына байланыслы нурланыў спектрлериниң үш бөлимнен туратуғынлығы аныкланды.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA JAMGARIB BORILADIGAN PENSIYA TA'MINOTI TIZIMI VA UNING ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ahamiyati, rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiy muhitda raqamli texnologiyalar pensiya tizimining samaradorligini oshirish, shaffofligini ta’minlash va ishonchliligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Xususan, blokcheyn texnologiyalari, sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish usullari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga imkon yaratadi. Maqolada jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining an’anaviy taqsimot tizimidan farqlari va afzalliklari keng yoritilgan. Ushbu tizim shaxsiy jamg‘armalarni shakllantirish, mablag‘larni investitsiyalash orqali daromadlilikni oshirish hamda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligi va demografik o‘zgarishlarga chidamliligi ham muhim jihatlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat tomonidan soliq imtiyozlari, subsidiyalar va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash orqali jamg‘arma pensiya tizimining ommalashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish choralari muhokama qilinadi. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining yanada samarali va barqaror ishlashi uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhimligi ta’kidlanadi. Ushbu tizim aholining kelajakdagi moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bilan birga, umumiy iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy tizimning mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
“BIRINCHI QALDIRG‘OCH ” SPEKTAKLIDA REJISSYOR VA AKTYORLARNING INNOVATSION YONDАSHUVLARI

Ushbu maqolada O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib sahnalashtirilgan, iste’dodli o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning hayoti haqida so‘zlovchi “Birinchi qaldirg‘och” dramasining ayrim muhim taraflari yoritilgan. Shu bilan birga spektaklni sahnalashtiruvchi bosh rejissyor hamda unda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning rejissyorlik va aktyorlik san’atidagi innovatsion yondashuvlari haqida fikrlar yuritilgan.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor