Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirish bosqichlarida shakllanadi. Maqolada har bir bosqichda sifatni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, nazorat va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va standartlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuv, innovatsion usullar va me’yoriy hujjatlarga rioya etish yuqori sifatli, xavfsiz va barqaror qurilish obyektlarini yaratishning asosiy omilidir. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonida amalga oshirish uchun loyihalashtirish jarayonini boshqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Maqolada qurilishda loyihalashtirishga jarayonli yondashuv asosida tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan.
Investitsiya faoliyati har qanday mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Uning samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya tizimining aniqligiga bog‘liq. Ushbu maqolada investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, xarajatlar hisobining turlari va buxgalteriya tizimining investitsion jarayonlardagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston misolida investitsiya muhiti, kapital qo‘yilmalarning rentabelligi hamda korxonalarda investitsion hisob yuritish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
В современном мире инновации становятся ключевым фактором устойчивого экономического роста и конкурентоспособности государств. Для Таджикистана, находящегося на этапе активной модернизации и структурных преобразований, внедрение передовой инновационной структуры является важнейшим стратегическим направлением развития. В статье рассматриваются теоретико-методологические основы формирования национальной инновационной системы, анализируются существующие проблемы и барьеры, препятствующие эффективному внедрению инноваций в экономику страны. Особое внимание уделяется роли государства в создании благоприятной инновационной среды, совершенствованию законодательства.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil qurilish tizimini rivojlantirishning ahamiyati, dolzarbligi va istiqbollari yoritilgan. Yashil qurilishning asosiy tamoyillari — energiya tejamkorlik, ekologik tozalik, qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish va chiqindisiz ishlab chiqarish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatda “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xalqaro tajriba va milliy amaliyot o‘rtasidagi o‘xshashliklar ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekistonda yashil qurilishning rivojlanish istiqbollari, muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ilmiy xulosalar keltirilgan.
Ushbu mаqоlа hududlаrdа qurilish tаrmоg’idа tаdbirkоrlik fаоliyatinini sаmаrаli bоshqаrishdаgi muаmmоlаr еchimigа qаrаtilgаn bo’lib, mаqоlаdа hоzirgi vаqtdа qurilishdа tаdbirkоrlikni yanаdа tаkоmillаshtirish uchun bugungi kundа nimаlаrgа e’tibоr bеrish kеrаkligi, qurilishdа hаm хususiy sеktоrni rivоjlаntirish vа mintаqа qurilishigа jоriy etish аsоsidа, qurilish tаrmоg’idа tаdbirkоrlik fаоliyatinini sаmаrаli bоshqаrish mumkinligi bo’yichа fikrlаr yuritilgаn.