Bugungi XXI asr zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya davri ekan, jamiyat barcha sohalarda yangi yondashuvlar va kompetensiyalarni talab qiladi. Yuridik ta’lim ham ushbu jarayondan chetda qolmay, zamonaviy talablarga mos ravishda modernizatsiya qilinishi zarur. Ushbu maqolada yuridik ta’limni raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish, LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba ham keng o‘rganilib, ushbu jarayonda qanday muammolar bo‘lishi mumkinligi va bularga yechimlar taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari esa, yuridik fakultetlarda AI va LegalTech kurslarini kengaytirish, amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali bitiruvchilarda raqamli savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jazoni ijro etish muassasalarining turlari, ularning huquqiy maqomi va ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijrosini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mamlakatimiz jinoyat-ijroiya qonunchiligi insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashib borayotgani, afv etish va jamoat birlashmalari kafilligi asosida jazodan ozod qilishning yangi tizimi joriy etilgani ta’kidlanadi.
Ushbu ilmiy ishda para uzunlikka sakrovchi qizlarda jismoniy sifatlarning shakllanishi va ularni rivojlantirish omillari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — maxsus jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari orqali sakrash texnikasini takomillashtirish hamda chidamlilik, kuch, tezkorlik, muvofiqlashtirish va egiluvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Ish jarayonida sportchilarning individual xususiyatlari, mashg‘ulot sharoitlari va psixologik tayyorgarlik darajasi hisobga olingan.
Ona tili va adabiy ta`lim jarayonida asosiy diqqat – e’tiborni o`quvchilarda so`z boyligini oshirish, ma`no nozikliklari, farq va o`xshashlikarini his qilish hamda anglab yetish, to`g`ri talaffuz qilish va bexato yozish, so`zlarni to`g`ri qo`llash, fikrni gap va matn tarzida to`g`ri ifodalash ko`nikmalarini shakllantirishga qaratish zarur. Insonda tafakkur va til o`zaro chanbarchas bog`liq bo`lib, ijodiy va mustaqil fikrli, ma`naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda ona tili va adabiy ta`lim usuli, shuningdek, vositalarining o`rni, ro`li beqiyos.
Annotatsiya. Mazkur maqolada jinoyat huquqi nazariyasining asosiy va eng murakkab bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan ayb instituti va uning shakllari har tomonlama yoritilgan. Ayb shaxsning o‘z harakatlari yoki harakatsizligiga nisbatan ruhiy-psixologik munosabatini ifodalaydi va jinoyat tarkibining zaruriy subyektiv elementi sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, aybning mavjudligi yoki mavjud emasligi shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.