Ushbu maqolada dinshunoslik va falsafa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Dinshunoslikning diniy e’tiqod, marosim va matnlarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganishi, falsafaning esa aql-idrok va mantiq orqali haqiqatni izohlashga intilishi ochib berilgan. Falsafa va dinshunoslikning umumiy va farqli jihatlari tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritilgan. Ayniqsa, musulmon mutafakkirlar — Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy va Ibn Rushd qarashlari orqali bu ikki fan o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Maqolada zamonaviy davrda dinshunoslik va falsafa integratsiyasi, ularning insoniyat tafakkuridagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi.
Ushbu maqolada ikki muhim monoteistik din – Yaxudiylik va Islom – ning diniy, tarixiy va falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqola dinshunoslik nuqtai nazaridan ularning kelib chiqishi, asosiy aqidalari, muqaddas matnlari va tarixiy rivojlanishi hamda o‘zaro o‘xshashlik va farqlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu dinlarning insoniyat tamadduniga ko‘rsatgan ta’siri va zamonaviy dunyodagi o‘rni ham yoritiladi.
Mazkur maqolada din va ma’naviy kamolot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritib berilgan. Islom dini inson qalbini poklash, axloqiy barkamollikka erishish hamda jamiyatda ezgulikni qaror toptirishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida ma’naviy yetuklik mezonlari tahlil qilinib, buyuk allomalar va ajdodlarimizning ibratli hayoti orqali ushbu tushunchaning tarixiy ildizlari ochib berilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda din va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar ham yoritilgan. Maqola jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda dinning o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada xizmatlarni boshqarish sohasida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada xizmatlar ko‘rsatish tizimidagi boshqaruv kamchiliklari, inson resurslarini boshqarishdagi muvofiqlashtirish muammolari, mijozlar ehtiyojlarini noto‘g‘ri baholash oqibatida yuzaga kelayotgan xizmat sifati muammolari va texnologik vositalarning yetarli darajada joriy qilinmagani kabilar batafsil tahlil qilingan. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun innovatsion yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari, kadrlar salohiyatini oshirish hamda xizmat oluvchilar bilan ikki tomonlama aloqani mustahkamlash kabi yechimlar ham taklif etiladi. Mazkur maqola xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda talaba va amaliyotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xizmatlarni boshqarish sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini tizimli tahlil qilgan ilmiy ish sifatida to‘liq yoritilgan.