BOLALAR VA KATTALAR ORGANIZMINING TUZILISHI, RIVOJLANISHI VA ANATOMIK FARQLARI

Bugungi kunda kattalar va bolalar organizmlarining anatomik farqlari ularning rivojlanish darajasi va fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Bolalar organizmi suyaklar, mushaklar, nafas olish, qon aylanish, hazm qilish, nerv, immun tizimlari va teri tuzilishi bo‘yicha o‘ziga xos farqlarga ega. Bolalarda suyaklar elastikroq, o‘sish zonalari mavjud, nafas olish tez-tez va yuzasi kichikroq bo‘ladi, yurak urishi va metabolizm yuqori darajada faol bo‘lib, immun tizimi hali to‘liq shakllanmagan. Kattalarda esa barcha organlar va tizimlar to‘liq rivojlangan bo‘lib, funksiyalari barqarorlashgan. Ushbu farqlar bolalar va kattalarning sog‘lig‘ini nazorat qilishda hamda davolashda alohida yondashuvni talab qiladi.


25.01.2025 Volume Issue View more Download
AYOLLARDA UCHRAYDIGAN TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASI

Bugungi kunda ayollardagi kamqonlik kamida 90% hollarda temir tanqisligi anemiyasi uchraydi. Homilador ayollarda eng keng tarqalgan ekstragenital kasalliklardan biri boʻlib, qon zardobida, suyak iligida va depoda temir miqdori kamayadi. Natijada gemoglobin shakllanishi buziladi, gipoxrom anemiya va toʻqimalarda trofik buzilishlar paydo boʻladi.


25.01.2025 Volume Issue View more Download
ABDULLA AVLONIY HAYOT FAOLIYATI VA MA’NAVIY MEROSI

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy haqida so'z boradi. U o'zining ilmiy va adabiy merosi bilan O'zbekistonda va Markaziy Osiyoda juda katta ta'sir ko'rsatgan shaxsdir. Maqolada uning hayoti, ilmiy faoliyati, adabiy merosi va jamiyatdagi o'rni yoritiladi. Avloniyning ta'lim-tarbiya, milliy ozodlik kurashi va o'zbek tilidagi yangi adabiyotning rivojiga qo'shgan hissasi alohida ta'kidlanadi. Shuningdek, uning ilm-fan, madaniyat va adabiyotga qo'shgan hissalari va bugungi kunda uning merosidan foydalanish muhimligi ko'rib chiqiladi.


25.01.2025 Volume Issue View more Download
FOND BOZORI SAVDO TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Maqolada fond bozori savdo tizimlarini rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Avvalo, raqamlashtirish va avtomatlashtirishning ahamiyati, xususan, zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalar, blockchain va sun'iy intellekt asosida savdo tizimlarining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy ma’lumotlarni ochiq e'lon qilish va investorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishning zaruriyati ta’kidlangan. Maqolada qonunchilik bazasini takomillashtirish orqali bozorni boshqarish va ishtirokchilarning huquqiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Bozorni diversifikatsiya qilish maqsadida yangi moliyaviy instrumentlarni, jumladan ekologik obligatsiyalar va raqamli aktivlarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, bozor ishtirokchilari va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va hamkorlikni rivojlantirish orqali bozorning raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari muhokama qilinadi. Maqola davomida fond bozorining zamonaviy savdo tizimlarini rivojlantirishning mamlakat iqtisodiy barqarorligi va kapitalni samarali taqsimlashdagi o‘rni yoritib berilgan. Ushbu tadqiqot fond bozori ishtirokchilari, davlat organlari va investitsiya faoliyatini rivojlantirishga qiziquvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bozorning kelgusidagi rivojlanishi uchun ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.


25.01.2025 Volume Issue View more Download
REAL SEKTOR KORXONALARIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada real sektor korxonalarida moliyaviy risklarni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Moliyaviy risklar korxonaning barqarorligi va moliyaviy natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, ularni samarali boshqarish zarurati ortib bormoqda. Maqolada moliyaviy risklarning asosiy turlari – bozor riski, kredit riski, likvidlik riski va operatsion risklarning mohiyati va ularning korxonalarga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Moliyaviy risklarni boshqarish jarayoni aniqlash, baholash, tahlil qilish va kamaytirish bosqichlaridan iborat ekani tushuntirilgan. Risklarni kamaytirish strategiyalaridan diversifikatsiya, sug‘urta, xedjlash va ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish usullari batafsil ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy boshqaruv usullarini qo‘llashning ahamiyati ta’kidlanib, moliyaviy monitoring tizimini joriy qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish va xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


25.01.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor