Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarining xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish, ularni tahlil qilish va samarali auditini tashkil etish bo‘yicha mavjud holat chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining yildan-yilga oshib borayotgani, raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintex), onlayn to‘lov tizimlari va elektron bank xizmatlarining kengayishi fonida banklar uchun ushbu operatsiyalarni aniqlik, tezlik va xavfsizlik talablariga muvofiq boshqarish dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada banklar tomonidan SWIFT tizimi, ISO 20022 xabar almashinuvi standarti, blokcheyn texnologiyalari va avtomatlashtirilgan komplayens nazorati kabi ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali xalqaro pul o‘tkazmalarining hisob va audit jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Ushbu ilmiy ish bank-moliya sohasidagi mutaxassislar, buxgalterlar, auditorlar va regulyatorlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, moliyaviy shaffoflikni oshirish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada ona tili va adabiyot darslarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida didaktik texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda didaktik texnologiyalarni tanlash va ularni samarali qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada o‘pka tuberkulyozida ichki organlar mikrosirkulyatsiyasi va qonning reologik xossalaridagi buzilishlar tahlil qilinadi. Ushbu buzilishlar kasallikning klinik kechishiga, organizmning immun javobiga va davolash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mikrosirkulyatsiyani normallashtirish va qon reologiyasini yaxshilash orqali bemorlarning umumiy holatini yaxshilash va shifo muddatini qisqartirish mumkin. Maqolada bu holatlarni tuzatishga qaratilgan zamonaviy korreksiyalash usullari bayon etilgan, farmakologik va fizioterapevtik yondashuvlar ilmiy asosda yoritilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet daromadlari bazasini mustahkamlash masalasi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) va ESG tamoyillari (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv) asosida tahlil qilinadi. Unda hududiy moliyaviy mustaqillik, byudjet tushumlarini oshirish va resurslarni samarali boshqarish zarurligi ta’kidlanadi. O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi, yashil taksonomiya modeli, shuningdek yer, mol-mulk va foyda solig‘i hamda ekologik yig‘imlar asosida shakllanadigan mahalliy daromadlar tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya, soliq hisobotlarining avtomatlashtirilishi va elektron xizmatlarning kengayishi natijasida byudjet tushumlari o‘sayotgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar sonining ortishi, kichik biznesga soliq yengilliklari va davlat-xususiy sheriklik orqali yangi daromad manbalarini shakllantirish taklif etilgan.
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini milliy mexanizm va milliy qonunchiligimizga asoslangan holda himoya qilish, hukumatimiz tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bilan bo’g’liq yangi tizimlarni muhokama qilish bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar, tuzulmalarning bu borada faoliytini yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro hujjatlar va xalqaro sudda ko’rilgan ishlar ham tahlil qilgan.