VITAGEN TAJRIBAGA EGALIKNING TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Maqolada vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati yuzaga keladi.


04.10.2025 Volume Issue View more Download
LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA XALQARO KREDIT LINIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI

Maqolada loyihalarni moliyalashtirish jarayonida xalqaro kredit liniyalarining o‘rni va ularning samarali foydalanish mexanizmlari tahlil qilingan. Xalqaro moliya institutlari – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa donor tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan moliyaviy resurslarning iqtisodiyotdagi strategik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro kredit liniyalaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar – tashqi qarzdorlikning ortishi, loyihalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini to‘liq hisobga olmaslik va monitoring mexanizmlarining yetarli darajada takomillashmaganligi muhokama etilgan. Maqolada qiyosiy tahlil asosida xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida xalqaro kredit liniyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun institutsional islohotlar, risk-menejment tizimlarini kuchaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


04.10.2025 Volume Issue View more Download
HADISDA ZIKR ETILGAN TURKLAR YOXUD CHINGIZXON TURK QAVMI VAKILI

Bugungi kunimizga kelib rus va sovet tarixchilari qayta ishlab yozgan turklar to‘g‘risidagi, jumladan, Chingizxon va uning mo‘g‘ul-tatar qavmi haqidagi qalbaki tarixiy ma’lumotlardan voz kechishga hamda ularning haqiqatga mos keladiganlarini ham asl manbalarga taqqoslab keyin dalil sifatida qabul qilishga bo‘lgan intilish nafaqat mutaxasis tarixchilar orasida, balki o‘zini turk deb hisoblaydigan oddiy xalq orasida ham jiddiy tus oldi.


02.10.2025 Volume Issue View more Download
ESCHERICHIA COLI: BIOLOGIK VA ILMIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada Escherichia coli bakteriyasining morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari, uning patogen shtammlari va klinik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, E. coli’ning ilmiy tadqiqotlarda model organizm sifatidagi o‘rni, biotexnologik jarayonlardagi qo‘llanilishi va ekologik ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.


02.10.2025 Volume Issue View more Download
DORIVOR O'SIMLIKLARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada dorivor o‘simliklarning inson salomatligidagi o‘rni, ularning shifobaxsh xususiyatlari hamda xalq tabobotidagi qo‘llanilishi haqida ma’lumot beriladi. Dorivor o‘simliklarning farmatsevtika sohasida tutgan o‘rni, ularni ilmiy asosda o‘rganishning ahamiyati va ekologik muhofazaga oid masalalar yoritiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston hududida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar, ularning kimyoviy tarkibi, xalq taboboti va zamonaviy tibbiyotdagi qo‘llanilishiga oid ma’lumotlar ham berilgan.


02.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor