EKOLOGIYA VA INFEKSIYA: INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI

Atrof-muhit ifloslanishi zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yuqumli kasalliklarning sezilarli qismi suv, havo va tuproqning biologik ifloslanishi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada atrof-muhit ifloslanishining asosiy turlari, ular orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar, epidemiologik ahamiyati va profilaktika choralari ishonchli ilmiy manbalar asosida yoritilgan.


18.02.2026 Volume Issue View more Download
RAQAMLI BANK XIZMATLARI VA FINTECH: ZAMONAVIY BANK SEKTORINING TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqola raqamli bank xizmatlari va fintech-larning zamonaviy bank tizimidagi rolini ilmiy tahlil qiladi. Maqola bank sektorida raqamlashtirish jarayoni, fintech yechimlarining joriy etilishi, ularning samaradorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’siri hamda banklar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi integratsiyaning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Natijalar raqamli bank xizmatlari va fintech integratsiyasi banklar resurslarini optimallashtirish, mijozlar bazasini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.


16.02.2026 Volume Issue View more Download
YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI – TARAQQIYOT KAFOLATI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy asoslari, amaliy natijalari va istiqboldagi vazifalari tahlil qilinadi. Yoshlar siyosati mamlakat taraqqiyotining strategik omili sifatida baholanib, ta’lim, bandlik, innovatsiya, ijtimoiy himoya va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi.


16.02.2026 Volume Issue View more Download
HARAKAT VA HOLAT FE’LLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATI

Maqolada harakat va holat fe’llarining leksik-semantik xususiyatlari haqida nazariy va tahliliy ma’lumotlar beriladi. Harakat va holat fe’llarining atash, ifoda, vazifa semalari va ularning ilmiy, badiiy, so‘zlashuv, rasmiy, publisistik uslublardan qaysi birida faol qo‘llanishi tahlillar orqali dalillanadi.


16.02.2026 Volume Issue View more Download
ERKIN FUQAROLIK JAMIYATIDA SHAXSNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI

Mazkur maqolada erkin fuqarolik jamiyatida shaxsning huquq va erkinliklari mazmuni, ularning konstitutsiyaviy asoslari, xalqaro huquq normalari bilan uyg‘unligi hamda demokratik jamiyat barqarorligidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, huquq va erkinliklarning kafolatlanishi, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat, fuqarolik jamiyati institutlarining ro‘li hamda huquqiy madaniyatning ahamiyati ochib beriladi. Maqolada inson huquqlarining tabiiy-huquqiy mohiyati va zamonaviy konstitutsionizm sharoitidagi rivojlanish tendensiyalari ham yoritilgan.


16.02.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor