Ушбу мақолада соғлом турмуш тарзи жамият тараққиётининг асосий омили сифатида ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзи маданиятини тарғиб этиш ва ривожлантириш,соғлом турмуш тарзи тушанчаси юзасидан фикрлар, соғлом турмуш тарзининг асосий йўналишлари: туғри овқатланиш,зарарли одатлар,шахсий гигиена ва ҳакозолар хусисидаги маьлумотлар ўрин олган.
Jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy o’qitish (pedagogik) texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligi bayon etilgan. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga aylandi.
Ushbu maqolada tijorat banklarida strategik rejalashtirish jarayonining nazariy asoslari, uning bank faoliyatidagi ahamiyati va samarali boshqaruvdagi o‘rni tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirish bosqichlari — tashqi va ichki muhit tahlili, missiya va vizionni aniqlash, strategik maqsadlarni belgilash, resurslarni taqsimlash hamda monitoring mexanizmlari keng yoritiladi. Xalqaro ilg‘or tajribalar, jumladan, Balanced Scorecard, riskga asoslangan rejalashtirish va raqamli transformatsiya yondashuvlari O‘zbekiston tijorat banklari sharoitida qo‘llash imkoniyatlari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, strategik rejalashtirishni takomillashtirish banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim omil ekanligi isbotlandi.
21-asrda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi sog‘liqni saqlash tizimini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Diagnostika, muolaja va bemorlarni monitoring qilishda SI vositalaridan foydalanish nafaqat shifokorlar ishini yengillashtirdi, balki ba’zi hollarda ularning o‘rnini bosishga ham urinmoqda. Shu sababli, ushbu maqolada SI'ning tibbiyotdagi imkoniyatlari, afzalliklari va xavflari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada mantiq fanining tibbiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tibbiy fikrlash jarayonida deduksiya, induksiya, abduksiya kabi mantiqiy usullar, shuningdek, fuzzy logic yondashuvi orqali noaniq ma’lumotlarni tahlil qilish, diagnostika, klinik qaror qabul qilishda mantiqning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Dalillarga asoslangan tibbiyot, ekspert tizimlari va bemor bilan birgalikda qaror qabul qilish jarayonlarida mantiqiy fikrlashning o‘rni yoritib berilgan.