This article discusses ways to improve vocabulary teaching through context-based methods. It explains how students can better learn and remember new words when they are used in real situations, texts, and communication tasks. The study also suggests combining grammar and vocabulary and using digital tools in lessons. These approaches help learners become more active and confident in using English in real life.
This article explores effective strategies for improving contextualized vocabulary instruction in EFL classrooms. It emphasizes the importance of teaching vocabulary through meaningful contexts, such as texts, real-life situations, and communicative tasks. The study also highlights the role of integrating grammar and vocabulary, as well as using digital tools to enhance learning. These approaches help students better understand, remember, and use new words in real communication.
Ushbu maqolada yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishi, raqamli texnologiyalar ta’sirida yangi kasblarning shakllanishi va ularning mehnat bozoridagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, yoshlar uchun zarur ko‘nikmalar, kasb tanlash omillari va kelajak kasblarining istiqbollari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada korxonalarning investitsion faoliyati, uning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati hamda uni buxgalteriya hisobida aks ettirish masalalari keng yoritilgan. Unda investitsiyalarning asosiy turlari, ularning korxona faoliyatidagi o‘rni va iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, investitsiyalarni hisobga olish tartibi, ularni to‘g‘ri baholash va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning muhim jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada investitsion faoliyat samaradorligini baholash usullari, jumladan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali investitsiya loyihalarining foydaliligi aniqlanishi bayon etilgan. Shu bilan birga investitsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan risklar va ularni kamaytirish yo‘llari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida investitsion faoliyatni samarali tashkil etish, uni to‘g‘ri boshqarish va buxgalteriya hisobida aniq aks ettirish korxonaning moliyaviy barqarorligi hamda uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashi asoslab berilgan.
Ushbu ilmiy maqolada davlat xaridlari tizimida korrupsion xavflarni kamaytirishda elektron platformalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi hukumat qarori hamda Prezidentning korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirishga doir farmon va qarorlari asosida elektron xarid mexanizmlarining huquqiy asoslari yoritiladi. Maqolada elektron do‘kon, auksion, tanlov, tender va maxsus axborot portali kabi raqamli vositalarning ochiqlik, shaffoflik, raqobat, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tahlil natijasida elektron platformalar inson omilini qisqartirish, qaror qabul qilish jarayonini izchil qayd etish, shikoyatlarni elektron ko‘rib chiqish, affillanganlikni aniqlash va ma’lumotlarni ommaga ochiq e’lon qilish orqali korrupsiyaning oldini olishda samarali institutsional mexanizm ekanligi xulosa qilinadi.