ONA TILI DARSLARI ORQALI O'QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING SAMARALI YO'LLARI

Ushbu maqolada ona tili darslari orqali o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Milliy qadriyatlar, o‘z xalqining madaniyati, an’analari va urf-odatlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy mas'uliyat hissini shakllantirish maqsadi ko‘zda tutiladi. Maqolada dars jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rgatish uchun qo‘llaniladigan metodlar, faoliyatlar va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan usullar tavsiflanadi. Shuningdek, ona tilining ahamiyati va uning milliy qadriyatlarni tarbiyalashdagi roli haqida ham so‘z yuritiladi.


29.09.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI FANINING O'QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANITIRISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili fanining o'quchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ona tili darslari o'quvchilarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada o'qitish usullari, dars jarayonida foydalaniladigan metodlar va faoliyatlar orqali fikrlash qobiliyatini oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ona tili fani o'quvchilarning til madaniyati va kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida ham ma'lumot beriladi.


29.09.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA NUTQ O'STIRISH METODLARI

Bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu o‘quvchilarning har tomonlama kreativligini oshirishdir. Shu o‘rinda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativligini oshirishda asosiy ustuvor usullardan ongli o‘qitish, nutq madaniyatini o‘stirish, yozma va og‘zaki nutq mashqlarini uyg‘un holatda olib borishdir.Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda lug‘at boyligini oshirishda turli xil samarali usullar haqida ma’lumot berilgan.


29.09.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG'ICH SINF ONATILI DARSLARIDA ADABIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada ona tili darslarida PIRLS xalqaro baholash dasturi materiallaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida so‘z boradi. PIRLS xalqaro dasturi o‘quvchilarning matnni o’qib tushunishlari, yangidanyangi g’oyalar, boshqa madaniyatlar va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega bo’lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. O’quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o’quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o’quvchilardan obyektiv testlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.


29.09.2025 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY RAHBARLARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy rahbarlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda rahbarlik faoliyatining psixologik asoslari, ijtimoiy muhitda rahbarlarning xatti-harakatlari va ularning shaxsiy xususiyatlari o'rganilgan. Maqolada adabiyotlar tahlili asosida zamonaviy rahbarlik paradigmalarining ijtimoiy psixologik aspektlari yoritilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy rahbarlar yuqori darajada ijtimoiy intellekt, adaptivlik va kommunikativ kompetensiyalarga ega bo'lishi zarur. Xulosa qismida rahbarlik samaradorligini oshirish yo'llari taklif etilgan.


29.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor