Maqolada qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishini asoslaydi.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimini joriy etilishi, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohada ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalasi yoritilgan.
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning turli faoliyat turlarida mustaqilligini shakllantirish uchun o‘qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya o‘qituvchilari uchun tegishli treningni tashkil etish muammosi aniqlandi. Bolalarning mustaqilligini rivojlantirish uchun maktabgacha tarbiyachilarni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish orqali muammoni hal qilish bo‘yicha takliflar keltirilgan.