03.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Maqolada tovar belgisidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasida sifat nazorati shartining huquqiy tabiati, mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda «Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida»gi Qonun normalari Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va AQShdagi «nazoratsiz litsenziya» (naked license) doktrinasi bilan qiyosiy oʻrganilgan. Oʻzbekiston qonunchiligi sifat nazoratini litsenziya shartnomasining majburiy sharti sifatida belgilagani, Rossiya qonunchiligi esa uni litsenziarning huquqi sifatida mustahkamlab, litsenziarning subsidiar javobgarligini nazarda tutishi koʻrsatib berilgan. Ushbu shartning kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasidagi ahamiyati ham yoritilgan. Sifat nazorati shartining mazmuni, uni bajarmaslikning huquqiy oqibatlari va litsenziarning isteʼmolchilar oldidagi javobgarligi milliy qonunchilikda aniq belgilanmaganligi va keyingi ilmiy tadqiqotlarni talab etishi haqida xulosa qilingan.
Keywords: shaxsiylashtirish vositalari, tovar belgisi, litsenziya shartnomasi, sifat nazorati sharti, litsenziar, litsenziat, nazoratsiz litsenziya, isteʼmolchilar huquqlari.