XITOYNING “BIR MAKON, BIR YO'L” TASHABBUSINING MARKAZIY OSIYODAGI O'RNI: O'ZBEKISTON MISOLIDA

23.09.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 9

Abstract. Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” (BRI) tashabbusi transport va infratuzilmani rivojlantirish orqali global savdo aloqalarini kengaytirishni maqsad qilgan eng yirik loyihalardan biridir. Dengizga chiqish imkoniyati cheklangan (doubly landlocked) Oʻzbekiston uchun ushbu tashabbus tranzit salohiyatini oshirish, eksport xarajatlarini kamaytirish va jahon bozorlariga integratsiyalashuvda strategik ahamiyatga ega. Ushbu maqolada 2015-yildan buyon BRI tashabbusining Oʻzbekiston tashqi savdo tuzilmasi hamda iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri ilmiy va statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, infratuzilma hamda savdo hajmining ortishi bilan birga, Xitoyga iqtisodiy qaramlik va tashqi qarz xatarlari yoritib beriladi.

Keywords: “Bir makon, bir yoʻl” (BRI), Oʻzbekiston, Xitoy, Markaziy Osiyo, tashqi savdo, transport koridorlari, infratuzilma, Angren–Pop, Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston, tashqi qarz, iqtisodiy integratsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor