13.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada 1-4-sinf «Musiqa» darsliklarida musiqa savodxonligi mazmunining bosqichma-bosqich joylashtirilishi va uni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar tahlil qilinadi. Har bir sinf darsligidagi musiqiy savod elementlari — ritm, lad, temp, dinamika, nota yozuvi asoslari — alohida ko‘rib chiqiladi va ularni o‘zlashtirishda samarali metodlar (og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, interaktiv) tavsiya etiladi. Tadqiqot 77-umumta'lim maktabi Yakkabog‘ tumanida olib borilgan pedagogik kuzatuv tajribasiga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, darslik mazmuni bilan metodlarni uyg‘unlashtirib o‘qitish o‘quvchilarning musiqa savodxonligini sezilarli darajada oshiradi.
Keywords: musiqa savodxonligi, 1-4-sinf darsliklari, o‘qitish metodlari, ritm, nota yozuvi, ko‘rgazmali metod, amaliy metod, boshlang‘ich ta'lim, musiqa pedagogikasi