13.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada oliy o‘quv muassasalari binolari uchun katta oraliqli fazoviy konstruksiyalar tarkibida qo‘llaniladigan yassi qobiq konstruksiyalarni loyihalash, ishlab chiqarish va montaj qilish texnologiyalari o‘rganilgan. Zamonaviy qurilish amaliyotida katta auditoriyalar, sport majmualari, kutubxonalar va ko‘p funksiyali ta’lim markazlarini barpo etishda yassi qobiq konstruksiyalar yuqori samaradorlikka ega ekani tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday konstruksiyalar material sarfini kamaytirish, bino og‘irligini yengillashtirish va me’moriy yechimlarning estetik ko‘rinishini yaxshilash imkonini beradi.
Keywords: yassi qobiq, fazoviy konstruksiya, katta oraliq, oliy ta’lim muassasasi, temirbeton, po‘lat konstruksiya, innovatsion texnologiyalar.