DASTURLASHDA ALGORITIMLAR VA ULARNING MATEMATIK ASOSLARI

04.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada dasturlashning fundamental asosi hisoblangan algoritmlar va ularning matematik poydevori har tomonlama tahlil qilinadi. Algoritmlar shunchaki amallar ketma-ketligi emas, balki aniq belgilangan matematik qoidalar va strukturalar asosida qurilgan tizim bo‘lib, ular murakkab jarayonlarni optimallashtirish va resurslarni samarali taqsimlashda markaziy o‘rin tutadi. Maqolada dasturlashni o‘qitishning tarixiy rivojlanishi, ilk hisoblash mashinalaridan boshlab, bugungi kundagi zamonaviy blokli (Scratch, Blockly) va ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarigacha bo‘lgan yo‘l va ularning matematik kontseptsiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda matematik algoritmlarning samaradorligi, xususan, bajarilish vaqti va xotira iste’moli bo‘yicha optimallashtirish usullari hamda ularning amaliy ahamiyati yoritiladi. Dinamik dasturlash (masalan, yukxalta masalasi) va matrisali modellashtirish kabi matematik usullarning real dasturiy yechimlardagi o‘rni aniq misollar, xususan, Python va SQLite yordamida yaratilgan avtomatlashtirilgan tizimlar misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va robototexnika kabi zamonaviy sohalarda matematik algoritmlarning integratsiyasi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri muhokama etiladi.

Keywords: Matematik algoritmlar, dasturlash asoslari, matematik modellashtirish, algoritmik optimallashtirish, hisoblash samaradorligi, dinamik dasturlash, analitik fikrlash, murakkab tizimlar, dasturlash tillari (Python, Scratch, Pascal), strukturaviy dasturlash, matrisali modellashtirish, hisoblash usullari, innovatsion metodlar, ma’lumotlar tahlili.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor