12.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida yosh o‘quvchilarning kognitiv tafakkurini rivojlantirishda neyrotexnologiyalardan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim jarayonida neyrotexnologiyalar asosida o‘quvchilarning mantiqiy, analitik va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodik yondashuvlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tahlil, tajriba-sinov va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, neyrotexnologiyalarga asoslangan o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning diqqat, xotira va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ta’lim jarayoniga neyrotexnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Keywords: neyrotexnologiya, kognitiv tafakkur, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik metodika, innovatsion ta’lim, o‘quv jarayoni.