26.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sport sohasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday innovatsion yo‘nalishlardan biri - fijital sport hisoblanadi. Fijital sport (Phygital sport) — bu jismoniy (physical) va raqamli (digital) sport elementlarining uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladigan sport faoliyatidir. Ushbu atama inglizcha physical va digital so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Fijital sportda ishtirokchilar nafaqat real maydonda jismoniy harakatlarni bajaradilar, balki virtual muhitda ham raqamli texnologiyalar yordamida bellashadilar. Uning asosiy vazifasi ikkita musobaqa natijalariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plashdir. Fijital sport individual va jamoaviy shakldagi harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Keywords: Fijital sport, physical, digital, neologizm, sensorli to‘plar, virtual reallik, dron sporti, robot jangi, lazertag, o‘q otish, just dance, ring fit adventure, beat saber.