12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari va ularning inson huquqlariga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan kiberzo’ravonlik, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish, deepfake texnologiyalari orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), va raqamli kuzatuv orqali shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, yangi turdagi raqamli jinoyatlarga qarshi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.
Keywords: Raqamli jinoyatlar, inson huquqlari, sun’iy intellekt, deepfake texnologiyalari, kibertahdidlar, Budapesht konvensiyasi, raqamli kuzatuv, huquqiy implementatsiya, O‘zbekiston qonunchiligi, shaxsiy hayot daxlsizligi.