19.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada 14-15 yoshli gandbolchi qizlarning musobaqa faoliyatini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar yoritilgan. Yosh sportchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligi, musobaqa davomida ko‘rsatayotgan individual va jamoaviy natijalari tahlil qilinadi. Jismoniy tayyorgarlik, texnik mahorat va psixologik barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligi va ularning sportchilarning muvaffaqiyatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqobatbardosh faoliyatda sportchilarning harakatlari samaradorligini baholash usullari va ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Keywords: gandbol, musobaqa tahlili, texnik tayyorgarlik, taktik mahorat, jismoniy tayyorgarlik, psixologik barqarorlik, sportchilarning faoliyati, raqobat samaradorligi.