05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada o'smirlarda o'z-o'zini baholash muammosi, uning shaxs rivojlanishidagi ahamiyati va uni shakllantirish yo'llari tahlil qilingan. O'z-o'zini baholash shaxsning muhim tarkibiy qismi sifatida o'smirlik davrida faol shakllanadi va keyingi hayot yo'nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o'z-o'zini baholashning psixologik-pedagogik mohiyati, unga ta'sir etuvchi omillar, o'smirlarda o'z-o'zini baholash muammolari va ularning namoyon bo'lish shakllari, shuningdek, adekvat o'z-o'zini baholashni shakllantirish yo'llari o'rganilgan.
Keywords: o'z-o'zini baholash, o'smirlik davri, adekvat o'z-o'zini baholash, o'z-o'zini past baholash, o'z-o'zini oshirib baholash, o'z-o'zini anglash, refleksiya, psixologik-pedagogik ta'sir, shaxs rivojlanishi.