14.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada ikki o'lchovli termoelastiklik masalasining chekli elementlar usuli yordamida sonli yechimi ko'rib chiqilgan. Tekis deformatsiya holatidagi termoelastik muammoning matematik modeli, uni yechish algoritmi va Python dasturlash tilida yaratilgan dastur kodi batafsil bayon qilingan. Issiqlik o'tkazuvchanlik va mexanik deformatsiyalar bog'langan holda yechilgan bo'lib, hisoblash natijalari grafik shaklda taqdim etilgan. Olingan natijalar asosida harorat taqsimoti, termik deformatsiyalar va kuchlanishlar tahlil qilingan hamda yechimning amaliy ahamiyati ko'rsatilgan. Maqolada taklif etilgan metodika mexanika va materiallar muhandisligi sohasida issiqlik va mexanik ta'sirlarni baholash uchun foydalanilishi mumkin.
Keywords: Termoelastiklik, ikki o‘lchovli masala, chekli elementlar usuli, tekis deformatsiya, issiqlik o'tkazuvchanlik, termik kengayish, sonli yechim, Python dasturi, deformatsiyalar, kuchlanish tahlili.