DAVLAT XIZMATIDAGI INNOVATSIYALAR: O‘ZBEKISTONDA JORIY ETISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI

24.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada davlat xizmatlarini samarali tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati va O‘zbekiston sharoitida ularni joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Davlat boshqaruvi tizimida raqamlashtirish, elektron xizmatlarni kengaytirish, "Yagona darcha" prinsipi asosida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarning ahamiyati ta’kidlanadi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq muammolar, jumladan, texnik infratuzilma yetishmasligi, kadrlar malakasi va huquqiy asoslarni takomillashtirish zaruriyati haqida so‘z yuritiladi. O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Keywords: Davlat xizmatlari, innovatsiyalar, elektron hukumat, raqamlashtirish, yagona darcha, texnologiyalar, kadrlar malakasi, infratuzilma, huquqiy asoslar, O‘zbekiston.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor