30.07.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 7
Abstract. Toʻgʻri chiziqlar va oddiy quvish usullaridan birgalikda foydalanib, parabolik tenglama asosida ikki oʻlchovli masalalarning ma’lum bir sinfidan kelib chiqadigan chekli ayirmali tenglamalar sistemasini yechishning aniq analitik usuli ishlab chiqildi. Bu sinfga Dekart koordinatalarining birida birinchi jinsli chegaraviy shartlarning va boshqa koordinatada uch jinsli shartlarning ixtiyoriy kombinatsiyasini berish hollariga taalluqli. Harakatlanuvchi elementlari boʻlgan yuqori haroratli va nuqtaviy issiqlik manbalarining issiqlik uzatishini jadallash boʻyicha bir qator masalalar yechildi. Manbaning toʻgʻri chiziqli va aylanma harakati uchun sinovdan oʻtgan, ixtiyoriy trayektoriya boʻylab harakatlanuvchi nuqtaviy manbani sonli amalga oshirish uchun usul ishlab chiqildi.
Keywords: Issiqlik manbasi, harorat, izoterma, chegara, muhitning zichligi, nuqtaviy manba.