Frazeologizmler til biliminde sóz shaqaplarına qatnası jaǵınan bir qansha dárejede izertlengen. Frazeologizmler quramında sanlıqlar qollanıladı hám san mánisinen alıslap basqa mánilerdi ańlatıp keledi. Biz bul maqalamızda qaraqalpaq tilindegi frazeologizmler quramında sanlıqlardıń qollanılıwı boyınsha ilimpazlardıń maqlaları hám ilimiy pikirleri haqqında sóz etemiz.
Ushbu maqola sotsiologik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish jarayonlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Maqola, sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyatini ta'kidlab, ma'lumot yig'ishning turli usullari, ma'lumotlarni tozalash va tahlil qilish metodlari hamda tadqiqot natijalarini taqdim etish usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. Har bir bosqichning o'ziga xos xususiyatlari va qo'llaniladigan texnikalari, jumladan deskriptiv va inferensial statistika, regressiya tahlili kabi usullar yoritiladi. Maqola, sotsiologik ma'lumotlar yordamida jamiyatdagi muammolar va o'zgarishlarni tushunish va baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor ijtimoiy me'yorlardan chetga chiqadigan, jamiyat tomonidan nomaqbul hisoblanadigan harakatlar to'plamidir. Bunday xulq-atvorning shakllanishida turli omillar, jumladan, ijtimoiy muhit va madaniy ta'sirlar muhim rol o'ynaydi. Shu nuqtai nazardan, yoshlar orasida ommalashgan night clublar (kechki klublar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada night clublarning yoshlar ongida deviant xulq-atvor rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatishi tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida agrar sohaning rivojlanish tarixi mustaqillik yillaridan so‘ng yangi bosqichga kirdi. Surxondaryo viloyati asosan paxta etishtirishga ixtisoslashganligi sababli ham vohada paxta tozalash sanoatining alohida o‘rni bor. Mustaqillik yillarida Surxondaryoda yangi paxta tozalash zavodlari qurilib ishga tushirila boshlandi va engil sanoat sohasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi.