Мақолада фуқаролик авиацияси инфратузилмасида содир этилаётган жиноятларга қарши курашда тезкор-қидирув фаолиятининг ўрни ва аҳамияти ҳар томонлама таҳлил этилади. Ҳаво транспорти шароитидаги жиноий таҳдидларни аниқлаш ва фош этишда махсус тактик усуллар, замонавий кузатув воситалари ҳамда идоралараро ҳамкорликнинг уйғунлаштирилган механизми тақдим этилади. Муаллиф тезкор тадбирларнинг самарадорлигига таъсир этувчи омиллар, хусусан трансчегаравий уюшган жиноятларга қарши комплекс ёндашувларни илмий асосда асослайди.
Bu maqolada aynan bank tizimi, ularning samarali va xalqqa foydali amaliyatlari haqida soʻz etiladi. Bank xizmatlari, murojaatlar bilan ishlashning yangi bosqichiga koʻtarilishi va raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashib hamkorlikda ishlashi haqida keng tushinik berilib oʻtiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.
Qandli diabet – global sog‘liqni saqlash tizimida katta e’tibor talab qiluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha millionlab odamlar hayotini qiyinlashtiradi. Bu maqola diabet kasalligini boshqarish va davolashda tibbiy texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Insulin nasoslari, glyukozani monitoring qilish uchun sensorlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar yordamida bemorlarning hayot sifati qanday yaxshilanayotgani haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, diabetli bemorlar uchun raqamli ilovalar va sun'iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalari qanday yaratilyapti, degan savollarga javob izlanadi.
Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi, ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala ma’lumotlari asosida tahlil etiladi.