OILADAGI BOLA TARBIYASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada jamiyatda oilaning o’rni, farzand tarbiyasida oilaning psixologik hamda ijtimoiy vazifalari hususida fikr yuritilgan. Maqolada oilaviy munosabatlarning barqarorligi farzand tarbiyasiga ko’rsatadigan ta’siri, tarbiya masalasida berilishi lozim bo’lgan asosiy e’tiborli jihatlar, shuningdek to’g’ri tanlanganlik oilaviy juftliklarning tinch-totuvligi sabab, bu xonadonda tarbiya ko’rgan farzandlarning ham tarbiyasida vazminlik va xotirjamlik jihatlari yaqqol namoyon bo’lishi masalalari ham psixologik nuqtai nazardan keng yoritilgan.


26.05.2024 Volume Issue View more Download
TURK XOQONLIGI DAVRIDA MAHALLIY BOSHQARUV MASALALARI

Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarning qudratli davlatlaridan biri hisoblanuvchi Turk xoqonligining vujudga kelishi, davlatning ikki qismga bo‘linishi va ulardagi mahalliy boshqaruv masalalari bo‘yicha yangi tadqiqot natijalari bayon qilinadi.


26.05.2024 Volume Issue View more Download
BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA UMUMMA’DANIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqola bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida umumma'daniy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy yo'nalishlarini tadqiq etadi. Tadqiqot usullari sifatida adabiyotlar tahlili, so'rovnoma o'tkazish va pedagogik kuzatuvdan foydalanilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, talabalarning umumma'daniy kompetentligini rivojlantirish uchun maxsus o'quv dasturlari, madaniyatlararo muloqot treninglari va amaliyotlar muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda umumma'daniy kompetentlikni shakllantirishning samarali yo'llarini ishlab chiqishga yordam beradi.


26.05.2024 Volume Issue View more Download
SOTSIAL INSTITUT TURLARI: OILA, SIYOSAT, DIN, IQTISOD, TA’LIM, HUQUQ.

Mazkur maqolada ijtimoiy amaliyot kishilik jamiyati uchun ijtimoiy munosabatlarning ba’zi turlarini mustahkamlash hayotiy zarurat ekanini, ularni muayyan jamiyat yoki muayyan ijtimoiy guruh a’zolari uchun majburiy qilish kerakligini ko’rsatmoqda. Bu, avvalo, shunday ijtimoiy munosabatlarga taalluqliki, ularga kirishgan ijtimoiy guruh a’zolari ushbu guruhning yaxlit ijtimoiy birlik sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo’ladigan eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Xususan, moddiy boyliklarni takror ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj odamlarni ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur qiladi; o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiylashtirish va yoshlarni guruh madaniyati namunalari asosida tarbiyalash ehtiyoji oilaviy munosabatlarni, yoshlarga ta’lim berish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur etadi.


26.05.2024 Volume Issue View more Download
JINOYAT PROTSESSIDA SHAXSIY KAFILLIK VA JAMOAT BIRLASHMASI YOKI JAMOANING KAFILLIGI EHTIYOT CHORALARINING O'RNI VA O'ZIGA XOS JIHATLARI.

Ushbu maqolada jinoyat protsessida ehtiyot choralarini qoʻllashning maqsadi, vaziflari va oʻziga xos xususiyatlari, shaxsiy kafillik va jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi ehtiyot choralarini tartibga soluvchi normalar va ularni qoʻllash amaliyotining tahlili, kafillik bilan bogʻliq ehtiyot choralarinini qoʻllash boʻyicha ayrim xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi, shuningdek, ushbu turdagi ehtiyot choralarini qoʻllash jarayonida vujudga keladigan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator takliflar keltirib oʻtilgan.


26.05.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor