Ushbu maqolada yassi quyosh kollektorlari orqali aholi yashash binolarini isitish va issiq suv ta’minotini samaradorligini oshirish masalasi o‘rganiladi. Tadqiqotda kollektor yuzasining o‘zlashtirgan issiqlik energiyasi, termosifon va majburiy sirkulyatsiyali (bir, ikki va ko‘p konturli) isitish tizimlarining ishlashi va yoqilg‘i tejash imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining estetik madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, tamoyillari va usullari tahlil qilingan. Maqolada estetik tarbiyaning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro tajriba hamda milliy qadriyatlarning uyg'unligi masalalari yoritilgan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida amalga oshirilgan.
Ushbu maqolada tug’ma yurak nuqsoni to’la va qisman transpozitsiya, og’irlashtiruvchi holatlar, o’lim sabablari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tug’ma yurak nuqsoni (TYN) — bu tug‘ilgan paytdan boshlab paydo bo‘ladigan yurak strukturasidagi anomaliyalarni anglatadi. Ushbu holatlar yurak ichidagi qon oqimini buzishi, shuningdek, boshqa organ va tizimlarning normal ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tug’ma yurak nuqsonlari tug‘ilishdagi eng keng tarqalgan nuqsonlar bo‘lib, ularning murakkabligi oddiy muammolardan tortib bir nechta jarrohlik amaliyotlarini talab qiladigan qiyin holatlarga qadar o‘zgaradi. TYNlar o‘zgacha tibbiy yordam va davolashni talab qiluvchi holatlar sifatida, ularning o‘rganilishi va tushunilishi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada kichik Gidroelektrostansiyalarning energetika tizimimizdagi tutgan o’rni va ahamiyatini, kichik gidroelektrostansiyalardagi gidroagregatlardagi vibratsiyalar tahlili, ularning kelib chiqishi va oldini olish choralarini tahlil qilishni ko’rib chiqamiz. Vertikal gidroagregatlarning ishlash prinsipi va energiya ishlab chiqarishdagi foydali taraflarini ham ko’rib chiqamiz.