Акромегалия касаллиги кандай холатда келиб чикади. Бу касаллик билан хасталанганда канака клиник белгилар кузатилиши. Касаллик клиникасида юзага чикадиган субъектев ва объектив белгилари. Акромегалияни даволашдаги нурлантириш усули, криогипофизектомия ва медикаментоз терапиянинг афзалликлари.
Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi, ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala ma’lumotlari asosida tahlil etiladi.
Qandli diabet – global sog‘liqni saqlash tizimida katta e’tibor talab qiluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha millionlab odamlar hayotini qiyinlashtiradi. Bu maqola diabet kasalligini boshqarish va davolashda tibbiy texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Insulin nasoslari, glyukozani monitoring qilish uchun sensorlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar yordamida bemorlarning hayot sifati qanday yaxshilanayotgani haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, diabetli bemorlar uchun raqamli ilovalar va sun'iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalari qanday yaratilyapti, degan savollarga javob izlanadi.
Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda. Organizmda insulin etishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni ko'p miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iboratdir. Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga o'tadi, agar qat'iy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik ta'minlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan bo'ladi. Agar aksi bo'lsa, ko'z, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo'y o'smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari ro'y beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.
Bu maqolada aynan bank tizimi, ularning samarali va xalqqa foydali amaliyatlari haqida soʻz etiladi. Bank xizmatlari, murojaatlar bilan ishlashning yangi bosqichiga koʻtarilishi va raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashib hamkorlikda ishlashi haqida keng tushinik berilib oʻtiladi.