Ushbu maqolada O'zbekistonda kichik va o'rta biznes sub'ektlariga (KO'B) ichki investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Mavjud adabiyotlar asosida O'zbekistonda investitsion muhitning hozirgi holati, KO'B sektoriga investitsiyalar jalb qilish mexanizmlari va usullari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, moliyaviy bozorlar rivojlanishi, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlari, soliq imtiyozlari va ma'muriy to'siqlarni kamaytirish KO'B sub'ektlariga investitsiyalar jalb qilishning eng samarali usullari hisoblanadi. Xulosa qismida KO'B sektoriga ichki investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Mazkur maqolada gandbol sport turida chiziq o‘yinchilarining musobaqa faoliyati jarayonidagi texnik-taktik harakatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida uchta professional jamoaning (O‘zDJTSU, OTMK, ROPSTTM) chiziq o‘yinchilari tomonidan amalga oshirilgan hujumdagi texnik-taktik ko‘rsatkichlar statistik usullar yordamida o‘rganildi va ularning samaradorlik darajalari solishtirildi. Tadqiqot natijalari asosida chiziq o‘yinchilarining mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida aylanma mashg‘ulotlarni qo‘llashning usullari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, aylanma mashg‘ulot usulining sportchilarning jismoniy sifatlarini, jumladan, tezlik, chidamlilik, kuch va chaqqonlikni rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada gandbol ixtisosligi talabalarining texnik tayyorgarlik darajasini nazorat qilish va tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tajriba davomida ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulotlar dasturi asosida pedagogik tajriba o‘tkazildi. Olingan natijalar texnik harakatlar samaradorligi, ayniqsa to‘pni uzatish, jarima to‘pini uloqtirish va himoyaviy harakatlarda sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan.