Yuzning muhim qismlariga autentifikatsiya usullari zamonaviy biometrik tizimlaridan biridir. Ush asboblar inson yuzining o‘ziga xos geometrik va vizual tahlil qilish orqali shaxsni aniqlashga asoslanadi. Yuzni chuqur algoritm texnologiyalari turli ko‘rinishdagi suniy intellektlari, o‘rganish qobiliyatiga asoslangan neyron vositalar yordamida amalga oshiradi. Ush autentifikatsiya usullari asosan smartfonlar, kompyuterlar, va davlat xizmatlarida ken qo‘llaniladi. Ushbu mavzuda yuz tanish texnologiyasining asosiy tamoyillari, ishlash jarayoni, texnologik va moddiy tomondan yoritib beriladi. Ularning muammolari, yuz tasvirlarini soxtalashtirish yoki tizimni aldash kabi muammolarni muhokama qilinadi. Annotatsiyada yuz tasvirlarini qayta ishlash, ma’lumotlarni himoyalash ularnining dasturiy ta’minotdagi muammolarni hal qilish haqida fikr yuritiladi. Ushbu yuz tanish texnologiyalarini tadbiq qilish va rivojlantirish orqali, qulaylik va soddalik, noqonuniy kirishlarni oldini olish, xalqaro standartlarga moslik, texnik nosozliklarni kamaytirish kabi natijalarga erishamiz.
Ushbu maqolada ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi diniy e'tiqodlarning shakllanishi, rivojlanishi va ularning ijtimoiy hayotdagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida mavjud tarixiy, antropologik va arxeologik materiallar o'rganilgan. Maqolada animizm, totemizm, fetishizm va magiya kabi ibtidoiy diniy tasavvurlarning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi ko'rib chiqilgan.
Ushbu maqolada uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ning turlari va ularning tasnifi yoritiladi. Ulardan foydalanish maqsadi, texnik xususiyatlari va boshqaruv tizimlariga ko‘ra kategoriyalarga ajratib tahlil qilinadi. Maqola uchuvchisiz texnologiyalar rivoji va ularning turli sohalardagi ahamiyatini ochib beradi.
Ushbu maqola temperamentning asosiy turlari, ularning xususiyatlari va inson shaxsiyati bilan bog‘liq o‘rni haqida so‘z yuritadi. Temperament — insonning tug‘ma hissiy va psixologik xususiyatlari bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar, faoliyat va hissiy reaktsiyalarni shakllantiradi. Maqolada to‘rt asosiy temperament turi: sangvinik, xolerik, flegmatik va melankolik keltirilgan va har bir turga xos xususiyatlar va afzalliklar muhokama qilinadi. Shuningdek, temperamentni tushunish va anglashning shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati ta'kidlanadi.
Ushbu maqola imo-ishora tili tizimida yangi imo-ishoralarning roli va ularning kommunikativ samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imo-ishora tili hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, ular bilan samarali muloqotni ta'minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada, yangi imo-ishoralarning til tizimiga qo‘shilishi, tilning leksik boyligini kengaytirish va kommunikativ imkoniyatlarni oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.