ONA TILI DARSLARIDA FEL SO'Z TURKUMINI O'RGANISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Mazkur maqolada ona tili darslarida fe’l so‘z turkumini o‘rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi yoritilgan. Fe’l so‘z turkumi o‘quvchilarning nutqiy va grammatik kompetensiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida o‘qitish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada interfaol metodlar, klaster, aqliy hujum, sinkveyn, Venn diagrammasi kabi texnologiyalar qo‘llanilishining afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli ta’lim resurslari, elektron darsliklar, mobil ilovalar va vizual texnologiyalardan foydalanishning fe’lni o‘rgatishda qanday natijalar berishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion yondashuvlarning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, grammatik tushunchalarni tez va oson o‘zlashtirishi hamda amaliy qo‘llay bilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Shu boisdan, maqolada ona tili o‘qituvchilariga fe’l so‘z turkumini o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


20.03.2025 Volume Issue View more Download
ЭЛЕКТРОННЫЙ СБОР ДОКАЗАТЕЛЬСТВ И ПОДДЕРЖКА СУДЕБНЫХ РАЗБИРАТЕЛЬСТВ

В данной статье представлен всесторонний анализ современных методов электронного сбора доказательств для судебных разбирательств. Рассмотрены этапы идентификации, сохранения, сбора, обработки и анализа цифровых данных, а также вопросы кибербезопасности, защиты персональных данных и юридические аспекты применения e-discovery. Статья подчёркивает значимость интеграции инновационных технологий, таких как машинное обучение, для повышения эффективности судебных экспертиз и предлагает рекомендации по совершенствованию нормативной базы и повышению квалификации специалистов.


20.03.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLАNG'ICH TА'LIMDА INNOVАTSION PEDАGOGIK TEXNOLOGIYALАRGА АSOSLАNGАN INTERFАOL METODLАR

Ushbu maqolada taʼlim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni faol qoʼllash, taʼlim samaradorligini oshirish, tahlil qilishva amaliyotga joriy etish,dunyo taʼlim tizimining hozirgi taraqqiyot bosqichi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʼllash tajribasi, milliy va tarixiy, mafkuraviy shart - sharoitlarga javob berishi, boshlangʼich sinf oʼquvchilarining fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini oʼstirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirish,innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar oʼquvchi ehtiyojiga mos tushishi, shuningdek, oʼquvchilarning oʼquv materiallarini oʼzlashtirishga boʼlgan qiziqish, xohish va istaklarini qoʼzgʼotish asosida maqsadga erishish motivatsiya boʼlib, bu oʼqituvchi va oʼquvchilarning oʼzaro ichki yaqinlashuv holatlari innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish samaradorligi yoritilgan.


20.03.2025 Volume Issue View more Download
TYPOLOGICAL RELEVANCE TO UZBEK AND ENGLISH

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarining tipologik jihatdan o‘xshashlik va farqlari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda tipologik tadqiqotlar tillarning tuzilishi, grammatikasi, fonetikasi va semantikasi kabi jihatlarni solishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tili agglutinativ tuzilishga ega bo‘lib, so‘z yasalishi va grammatik shakllanishi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, so‘z tartibi va yordamchi so‘zlarga asoslangan tizimga ega. Maqolada ushbu tillarning so‘z yasalishi, gap qurilishi, morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning umumiyliklari va farqlari misollar yordamida yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va ingliz tillarining o‘zaro ta’siri va o‘rganish jarayoniga ta’sirini tushunishga xizmat qiladi.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
XALQARO MUNOSABATLARDA – O’ZBEKISTON VA XITOY

Ushbu maqolada O’zbekiston va Xitoy munosabatlarining tarixiy ildizlari va bugungi kundagi aloqalar, bu aloqalarda iqtisodiy munosabatlarning o’rni haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. O’zbekistonning tashqi siyosatida Xitoy bugungi kunda juda muhim rol o’ynamoqda. Xitoy bilan o’rnatilayotgan munosabatlar va tuzilayotgan bitim va sherikchilik aloqalari O’zbekistonning nafaqat iqtisodiy balki, siyosiy, ijtimoiy sohalariga ham ulkan hissa qo’shmoqda. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda bo’sh ish o’rinlarining yaralishi, iqtisodiy o’sish va katta investitsiyalar, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yosh kadrlar bilan ishlash va talabalarning o’qishlari uchun ham qulay vizasiz kirish imkoniyatlari albatta Xitoy bilan tuzilayotgan shartnoma va ikki xalqning hamdo’stligi haqidagi fikr-mulohazalar ushbu maqolada yoritildi.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor