Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishi qayd etilgan. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir mulohazalar keltirilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni erkin faoliyatlari uchun ishbilarmonlik muhitini yanada qulaylashtirish borasidagi chora- tadbirlar to‘g‘risida muallif yondashuvlari bayon etilgan. Ushbu sektorda shakllangan muammolar tahlil etiladi. Shuningdek, ularni hal etish uchun ayrim takliflar ishlab chiqilgan.
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, insonlar favqulodda vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri guvoh, sababchi yoki jabrlanuvchi sifatida ekstremal holatlarga tushgan paytda psixologik zo‘riqishga tushib qolgan insonlarga psixologik yordam ko‘rsatishning psixologik mexanizmlari hamda korreksiyasi haqida ilmiy asoslangan manbalar o‘rin egallagan.
Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (prinsip)lar va usullar ko'rilayotgan bilim sohasida aloqalar to'g'risida toʼla tasavvur qilishda metodologiya ahamiyatga ega. Asos (prinsip) - bu fikr, g'oya, maqsad (asosiy holatdir). Usul - bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo'li. Xavfsizlikni ta'minlash asoslari va usullari mantiq va dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli boʼlib maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o'zaro bog'liqdir. Hayot xavfsizligi asoslarini mashğulotlarini o'qitish usullarini takomillashtirish haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.