XIVA XONLIGI VA ROSSIYA IMPERIYASI O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR TARIXI (XVIII–XIX ASRLAR)

Ushbu maqolada XVIII–XIX asrlarda Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik va harbiy munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Dastlab savdo va elchilik aloqalari shaklida boshlangan munosabatlar, vaqt o‘tishi bilan Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati ta’sirida keskin tus olgan. 1873-yilgi harbiy yurish va uning oqibatida Xiva xonligining yarim mustamlakaga aylanishi ikki davlat o‘rtasidagi asimmetrik munosabatlarning yakuniy bosqichi sifatida ko‘rsatiladi. Mazkur tarixiy jarayonlar O‘rta Osiyodagi geosiyosiy o‘zgarishlarni anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
O'RTA OSIYO XONLIKLARI VA ERON DIPLOMATIK MUNOSABATLARI TARIXI (XVI–XIX ASRLAR)

Ushbu maqolada XVI–XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari — Buxoro, Xiva va Qo‘qon hamda Eron (Safaviylar, Afshoriylar va Qajarlar sulolalari) o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Mazkur aloqalarning shakllanishi, rivojlanishi va muayyan siyosiy voqealar ta’sirida o‘zgarishi o‘rganiladi. Shuningdek, diniy, iqtisodiy va harbiy omillarning diplomatik jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Maqola orqali mintaqaviy geosiyosiy muvozanatda bu aloqalarning tutgan o‘rni ochib beriladi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
YOPIQ VA OCHIQ AXBOROT TIZIMLARI VA RESURSLARINI INTEGRATSIYALASH MODELI

Mazkur maqolada yopiq va ochiq axborot tizimlari va resurslarini yagona axborot makonida integratsiyalashning konseptual va amaliy asoslari keng qamrovda tahlil etiladi. Integratsiyalash modeli doirasida axborot almashinuvi, tizimlararo moslashuvchanlik (interoperabilitet), xavfsizlik strategiyalari, huquqiy va axloqiy masalalar, texnik arxitektura hamda standartlashtirish muammolari har tomonlama ko‘rib chiqiladi. Yopiq tizimlarning ishonchlilik va maxfiylik talablari bilan ochiq tizimlarning ochiqlik, innovatsion yondashuv va shaffoflik prinsiplari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash modelning markaziy vazifasidir. Tahlil davomida SOA (Xizmatga asoslangan arxitektura), API Gateway, ETL texnologiyalari, axborot xavfsizligi protokollari, va mashina-o‘qilishi mumkin bo‘lgan interfeyslar kabi zamonaviy texnik yechimlar misolida amaliy yondashuvlar yoritiladi. Ushbu maqola ilmiy izlanishlar, davlat va korporativ axborot infratuzilmalari hamda raqamli transformatsiya loyihalari uchun zaruriy nazariy va metodologik asosni shakllantiradi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
DOIMIY QON TOPSHIRUVCHI DONORLARDA LIPOPROTEIDLAR ALMASHINUVINI O'RGANISHNING DOLZARBLIGI

Ushbu ishning dolzarbligi doimiy donorlar qonida past zichlikdagi lipoproteidlarni aniqlash va o'rganish qon aylanish tizimi va tarkibi bilan bog'liq moddalar almashinuvining buzilish yog'lar almashinuvi va xolesterin miqdorining o’zgarishi bilan bog'liq kasalliklar jumladan yurak-qon tomir tizimidagi kasalliklar: ateroskleroz, yurak ishemik kasalliklari, arterial gipertenziya, mikrosirkulyator tizim kasalliklari, periferik a’zolarda tromboz, emboliya, ishemiya kabi o'g'ir asoratlarga olib keluvchi o'zgarishlarning donor bo'lmagan insonlarga nisbatan kam uchrashini ilmiy-amaliy jihatdan yoritib berishdir. Ateroskleroz va uning asoratlari jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo bo'lib, bemorlar soni bo'yicha u boshqa yurak qon tomir tizimi kasalliklarga nisbatan dunyoda birinchi o'rinlardan birini egallaydi. PZL (past zichlikdagi lipoproteidlar) bilan bog'liq patologiyalar birinchi marta klinik jihatdan eng mehnatga layoqatli yoshda (30-50 yosh) namoyon bo'ladi va asorat berish tendentsiyasiga ega. So'nggi yillarda yoshlik davrida ateroskleroz va uning asoratlari bilan bog’liq yurak qon tomir kasalliklari o'sishiga nisbatan barqaror tendentsiya kuzatilmoqda.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
CHANGE IN YOUR POCKET, CHANGE IN THE MARKET: ANALYSIS OF THE FINANCIAL CRISIS EFFECTS ON CONSUMERS AND MARKETS

Major financial crises often have widespread impacts beyond the economic fallout. This article examines the influence of crises like the Global Financial Crisis (GFC) of 2008 on consumer behaviour and market dynamics. It analyzes changes in spending patterns, preferences, and brand loyalty using quantitative data from surveys as well as financial and firm reports. Key theories linking wealth effects and uncertainty with consumption are also explored. Research into this topic has been done to have a more clear view about the buying behavior and market condition. There also have been made conclusions how to deal with the market and consumers if the identical crisis happens.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor