TIL O'RGANISH MARKAZLARINING SATSIOLOGIK TAHLILI

Til oʻrganish markazlari jamiyatning tillarni oʻrganish va tarbiyalash sohasida oʻrnatilgan institutlar hisoblanadi. Bu maqolada til oʻrganish markazlarining jamiyat tajribalarini va ularning jamiyatga taʼsiri sotsiologik ravishda tahlil qilinadi. Maqolada til oʻrganish markazlarining mazmuni, vazifalari, va ularning jamiyat tajribalarini tahlil qilish usullari taʼriflangan. Markazlar, tillarni oʻrganish va rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga ham taʼsir koʻrsatadi.


21.05.2024 Volume Issue View more Download
FUTBOL SPORT TURNING NING JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATINING SOTSIOIOGIK TAHLILI

Ushbu maqola futbol o'yinining jamiyatdagi roli va uning sotsiologik aspektlarini chuqur o'rganadi. Maqolada futbolning jismoniy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlari tahlil qilinadi. Futbolning turli millat va irqdagi odamlarni birlashtirishdagi roli, shuningdek, milliy va mahalliy identitetlarni shakllantirishdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Iqtisodiy jihatdan, futbolning mahalliy va global iqtisodiyotga bo'lgan ijobiy va salbiy ta'sirlari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, futbol atrofida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan konfliktlar va ijtimoiy muammolar, jumladan irqchilik va zo'ravonlik kabi salbiy hodisalar tahlil qilinadi. Maqola, futbolni faqat sport turi sifatida emas, balki keng ijtimoiy hodisa sifatida qarashning zarurligini ta'kidlaydi va ushbu o'yinning jamiyatdagi muhim o'rnini yoritib beradi. Maqolada keltirilgan tahlillar va masalalar futbolning murakkab ijtimoiy tizim sifatidagi rolini chuqurroq tushunishimizga yordam beradi.


21.05.2024 Volume Issue View more Download
PUBG MOBILE O’YININIG IJTIMOIY TASIRINING SOTSIOLOGIK TAHLILI

Ushbu maqola, jahon bo'ylab millionlab foydalanuvchilarga ega bo'lgan PUBG Mobile o'yinining ijtimoiy ta'sirini tahlil qiladi. Maqola, o'yin orqali shakllanadigan ijtimoiy aloqalar, o'yinchi shaxsiyati, shuningdek, o'yin o'ynash madaniyati va jamiyatga ta'sirini o'rganadi. Maqola, o'yin ichida va tashqarisida yuzaga keladigan ijtimoiy o'zgarishlar va o'yinlar orqali ijtimoiy muloqotning yangi usullari haqida tushuncha beradi. Tahlil, shuningdek, PUBG Mobile o'yinining global madaniy ta'sirlarini ham ko'rib chiqadi. Maqolaning asosiy maqsadi, raqamli o'yinlarning ijtimoiy tuzilish va shaxsiyat shakllanishi ustidagi ta'sirini yoritish orqali o'yin va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni ochib berishdir.


20.05.2024 Volume Issue View more Download
ЧЕТ ЭЛ ФУҚАРОЛАРИ ТОМОНИЛАН ЁКИ УЛАР ИШТИРОКИДА СОДИР ЭТИЛГАН ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Мақолада чет эл фуқаролари тушунчаси, чет эл фуқаролари ёки улар иштирокида содир этилган жиноятларнинг таснифи, ушбу жиноятларни тергов қилишнинг назарий ва ҳуқуқий асослари, Ўзбекистон Республикаси жиноят-процессуал қонунчилигига мувофиқ ўтказиладиган айрим тергов ҳаракатларининг ўзига хос хусусиятлари, ушбу турдаги жиноятларни тергов қилишда таржимон хизматидан фойдаланиш, улар бўйича вужудга келаётган муаммоли ҳолатлар баён этилган.


20.05.2024 Volume Issue View more Download
ҲАМЗАНИНГ "БУРУНГИ ҚОЗИЛАР ЁХУД МАЙСАРАНИНГ ИШИ" КОМЕДИЯСИДА МАЙСАРА НУТҚИДАГИ "МИЛЛИЙЛАШТИРУВЧИ" ДЕТАЛЛАР

Мақолада Ҳамза ижодида муҳим ўрин эгалловчи Майсара образи ва унинг нутқидаги мақолга хос афористика, латифага хос лутф-қочиримлар, қўшиққа хос лиризм намоён бўлгани диалоглар орқали кўрсатилган. Майсара нутқидаги "миллийлаштирувчи" деталлар унинг ўта закий, уддабурон, сўзга чечан аёл эканлигидан далолат бериши ва кўп муаммоларни бартараф қилишда қўл келгани ҳақида фикр юритилган.


20.05.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor